Yurgen Klopp MYUning 10 yoshli muxlisi talabini rad etdi
21 fev 2020 15:04
Yangiliklar
Yurgen Klopp MYUning 10 yoshli muxlisi talabini rad etdi
"Manchester Yunayted"ning 10 yoshli muxlisi murabbiy nomiga xat yuborar ekan undan "Liverpul" tezroq yutqazishini so'radi, chunki "qizillar"ning g'alabali uni xafa qilmoqda. Klopp esa unga javob xati yozdi.
"Qadrli Darag! Sen menga omad tilamading, ammo yosh muxlis bilan suhbatlashish baribir yaxshi. Sening talabingni qondira olmayman.
Sen "Liverpul"ga mag'lubiyat tilayapsan, mening ishim esa g'alaba uchun hamma narsani qilish. Yaxshiyamki, sen uchun oldingi o'yinda ("Atletiko"ga qarshi o'yin) yutqazibmiz, buyog'iga ham shunday bo'ladi, chunki bu futbol.
Umid qilamanki, agar biz ko'plab sovrinlarni yutsak, bu seni xafa qilmaydi. Klublarimiz raqib bo'lsada, bir-birini hurmat qilishadi. Futbol men uchun shunday", - deb yozgan Klopp.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" APLda hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Fikrlar