Yurgen Klopp "Liverpul"ning ushbu mavsumdagi maqsadi haqida to'xtaldi
18 jan 2021 20:44
Yangiliklar


Yurgen Klopp "Liverpul"ning ushbu mavsumdagi maqsadi haqida to'xtaldi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining ushbu mavsumdagi maqsadi CHempionlar Ligasiga chiqish ekanligini aytdi.
"Biz top-4 talik uchun kurashishimiz kerak. 2018/2019 yilgi mavsumda CHempionlar Ligasi yo'llanmasini naqd qilganimizdan keyingina chempionlik uchun kurashishni boshlaganmiz. O'shanda ikkinchi o'rinni egallagandik.
Ushbu mavsumda kuchli to'rtlikdan joy olish uchun keskin kurash kechadi. Tushunaman, muxlislar sabrli odamlar emas va ular o'z jamoalari har bir o'yinda g'alaba qozonishini istashadi. Biroq har bir klub qiyin kunlarni boshdan kechiradi. Hozir shunchaki futbol o'ynayapmiz, ammo bizda ko'plab jarohatlangan futbolchilar bor", – deya Kloppning so'zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar