So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  1 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  3 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  2 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  11 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  59 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

Yurgen Klopp: Futbolchilarni Alkatrasga yubormayman, bu hazil edi Yangiliklar

Yurgen Klopp: Futbolchilarni Alkatrasga yubormayman, bu hazil edi

Liverpul AQSHda yig'in o'tkazdi, jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp esa mahalliy bolakaylar bilan uchrashishga ulgurdi.

Malum bo'lishicha, millionlar o'yinining jajji ixlosmand­­lari germaniyalik mutaxassis uchun bir talay savollarni tayyorlab qo'yishgan ekan. Quyida mersisaydliklar ustozi bilan uyushtirilgan suhbatni etiboringizga havola etamiz.

- Barcha davrlardagi eng yoqtirgan futbolchingiz kim?

- Qaysidir o'yinchini alohida ajratib ko'rsatolmayman. Lekin otam bolaligimda bir maslahat bergan: Kim nima desa, ishonaverma. Yodingda tut, eng yaxshi futbolchi - Pele.

- Pele? Men bu futbolchi haqidagi kitobni o'qiganman.


- Rostdanmi? U bilan bir marta uchrashganman. Odatda uncha hayajonlanmayman. Lekin Pelening qarshisida haqiqatan ham hayajonlanganman.

- Men futbol o'ynayman. Jamoam ko'pincha penalti tepadi. Bu borada biror-bir maslahat berasizmi?


- Avvalo, reja tuzish kerak. Darvozaning kiperlar eta olmaydigan nuqtasi bo'ladi. Demak, sen o'sha nuqtani aniq mo'ljallashni mashq qilsang, niyatga etasan. Eng katta muammo - penalti tepilayotgan paytdagi bosim. O'zim o'n bir metrlik jarima zarbasini ko'p amalga oshirmaganman. SHunga qaramay, aslo adashmasdim. Umuman olganda, o'zim yaxshi futbolchi bo'lmaganman. Lekin ko'p narsani bilmasang, bunday vaziyatlarda qiyinchilik tug'ilmaydi. SHunchaki, reja asosida ish qilish kerak.

- Biz hozir San-Francisko Foti Nayners jamoasiga tegishli Deliver Stadium stadionidamiz. Bu arenada necha marta Super Boul bo'lganini bilasizmi?

- Men Evropadanman. Biz Amerikacha futbolni deyarli kuzatmaymiz...

- Sizga yordamlashib yuboramiz. Bu stadionda Super Boul Liverpul CHempionlar Ligasida necha marta g'olib chiqqan bo'lsa, shuncha marta o'tkazilgan.


- Demak, beshta, yomon emas. Aftidan, bu erda katta klub bor ekan.

- Amerikada amalga oshirishni istagan uchta narsangiz nima?


- Amerikacha futbol, basketbol va beysbol finallarini jonli tomosha qilish. Hozircha basketbol finalini bevosita ko'rdim, xolos.

- Mening Kloppo laqabli toshbaqam bor. Siz ham uy hayvoni boqasizmi?


- Ha. Itim bor - Emma.

- Bu mening ismim.


- Sening isming? Sen ham Emmamisan? Bu kolli zotli it. Yoshligimda televideniyada kolli zotli Lessi juda mashhur edi. Emmani oilamizda barcha yaxshi ko'radi. Umuman olganda, hayvonlar, ayniqsa, itlarni yaxshi ko'raman.

- Uzoq yillik tanaffusdan so'ng Liverpulni chempionlik uchun etaklash siz uchun qanchalik ahamiyat kasb etadi?

- Bu ko'p narsani anglatadi. Liverpuldek buyuk klub bilan muvaffaqiyat qozonib, chempionlikni qo'lga kiritish katta natijalardan biri bo'lardi.

- Futbolni kim ko'proq tushunadi, Yurgen Klinsmannmi yoki Yurgen Klopp?


- Bilmadim (kulib). Biz bir-ikki marta uchrashganmiz. U yaxshi inson va menga yoqadi. Lekin maydonda kurash olib bormaymiz. Ikkimiz ham bir vaqtning o'zida yaxshi bo'lishimiz mumkin. CHunki turli jamoalarga ustozlik qilamiz.


- Starrijning raqsini takrorlay olasizmi?

- (Raqsga tushib) SHundaymi? Sizlarga yoqdimi? Takrorlab ko'ringlar.

- Mening savolim yo'q. Faqatgina Bum desangiz bo'lgani.


- Bum!

- Faraz qiling, futbolga unchalik qiziqmaydigan amerikaliklarni Liverpulga muxlislik qilishga undash lozim. Qanday yo'l tutasiz?


- Bu jahondagi eng yaxshi klub, degan bo'lardim. Agar biror-bir jamoaga muxlislik qilishmasa, ko'ndirish oson. Lekin Borussiya (Dortmund) fanati bo'lib tug'ilganlarni boshqa jamoaga muxlislik qilishga ko'ndirib bo'lmaydi. Futbolga endigina oshno tutinayotganlar esa Liverpulni tanlashsa, adashmaydilar.

- Onam otamning divanda yotganini ko'rsa baqiradi. SHunda otam Yurgen Klopp ham mijja qoqishni yoqtirishini aytadi...


- Ha, yaxshi ko'raman. Otang onangga shuni dedimi?..

- O'qituvchilarim dars paytida uxlashimga ruxsat berishlari uchun nima qilishim kerak?


- Darslar orasida uxlasa bo'ladi, lekin dars paytida emas. Masalan, men mashg'ulotlar paytida umuman uxlamayman. Tanaffus paytida esa mumkin. O'shanda keyingi mashg'ulotga tetik boraman.

- Las-Vegasda Selin Dion koncertiga borganingizni izohlab bersangiz.


- Hammasi oddiy: rafiqam Ulla bu xonandani juda yaxshi ko'radi. Ikki o'g'limiz ham koncertga borishdi. Selin kuylashni boshlaganda Ulla yig'lab yubordi. Vaholanki, u doim ham ehtirosga berilmaydi. Biz barchamiz hayron qoldik. Dion ajoyib qo'shiqchi. O'sha koncert bizga juda yoqdi.

- Amerikaning qaysi sportini yoqtirasiz va nima uchun?


- Basketbol menga juda yoqadi. Bu gigantlarning bolalardek harakat qilishlariga ishongim kelmaydi. NBAning o'tgan mavsumdagi ettita finalini ham tomosha qildim.

- Futbolchilar o'zlarini yomon tutishsa, rostdan ham Alkatrasga jo'natib yuborasizmi?


- Yo'q. Bu shunchaki, hazil edi. Xavotirlanishga o'rin yo'q.

- Qaysi futbolchilarni xarid qilishni rejalashtirgansiz?


- Hozircha hech kimni. Lekin rejam bo'lganda ham sizlarga aytmasdim. Axir sizlar jurnalistsiz. Xullas, kechirasizlar. Maroqli suhbat qurganimdan xursandman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика