

“Firmino “Sautgempton”ga qarshi o'yinga tayyor. Hozir Bobbi haqida o'ylashdan mano yo'q. Biz aksincha, qanday qilib tarkibga o'zgartirish kiritish haqida o'ylashimiz lozim. PSJ bilan o'yinda Starrij o'zini ko'rsata oldi, bu ijobiy kayfiyat taqdim etmoqda. O'yin og'ir kechdi, Starrij esa ajoyib o'ynadi. Bu juda yaxshi xabar. Firmino bilan Starrij birgalikda o'ynashi mumkinmi? Ha, albatta!”,-dedi Klopp.



