Yurgen Klopp “CHelsi”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
27 sen 2018 09:50
Yangiliklar
Yurgen Klopp “CHelsi”ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Mersisaydliklar bosh murabbiyi mag'lubiyatga izoh berdi.
“Biz “CHelsi”ning qanday o'ynashni rejalashtirganini bilardik, ammo ularga ko'p erkinlik berib yubordik. Etarlicha yaxshi o'yin ko'rsatmadik. Birinchi bo'limda jiddiyroq vaziyatimiz ham bo'lmadi. Afsuski, natijani qabul qilishimiz lozim. Biz yutishni xohlagandik, ammo omadimiz kelmadi. “CHelsi”ning birinchi goli offsayddan urildi deb o'ylayman. Uch nafar o'yinchi o'yindan tashqari holatda edi, ulardan ikki nafari aniq offsaydda edi. Ular vaziyatni ko'rishdi, lekin o'yindan tashqari holatni qayd etishmadi. Buni ham qabul qilishimiz lozim. Bu shanba kungi o'yin uchun juda yaxshi tayyorgarlik, ammo yanada yaxshi himoyalanishimiz kerak”,—deydi Klopp.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar