Yurgen Klopp: "Bunday holatlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak"
01 sen 2022 09:12
Yangiliklar


Yurgen Klopp: "Bunday holatlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak"
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Nyukasl"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" qo'shib berilgan so'nggi daqiqadagi gol evaziga g'alabaga erishdi.
"Biz bundan ham yaxshiroq harakat qilishimiz lozim edi. "Nyukasl" haqiqatdan ham bizga bosim o'tkazdi. Tanaffusda yigitlarga o'yin joyida emasligini tushuntirdim. Biz ko'plab uzun paslarni amalga oshirayotgandik. Bunday holatlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
90+8 daqiqada burchak zarbasi ishlab olganimizda xursand bo'ldim. Mo va Fabio ushbu standart vaqtida qilgan ishi... Bu ajoyib gol edi. O'yin davomida nimalar qilganimizni hisobga olinsa, biz uchun ideal vaziyat bo'ldi", - dedi Klopp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar