Yurgen Klopp: "Bu kecha bizniki bo'ldi"
23 okt 2014 22:28
Yangiliklar


Yurgen Klopp: "Bu kecha bizniki bo'ldi"
"Borussiya D" ustozi Yurgen Klopp "Galatasaray" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Menimcha, bu kecha to'liqligicha bizniki bo'ldi. Ortiqcha qiyinchiliksiz g'alabaga erishdik. Kerakli vaqtga gol urdik va tashabbusni o'z tomonimizga og'dirib oldik. Bu o'yinda ko'p vaqtimizni himoyada o'tkazdik. Ko'p vaziyatlarda omad ham biz tarafda bo'ldi. Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, o'zimizning o'yinimizni hali topib olganimizcha yo'q.

Fikrlar