Yurgen Klopp: Biz finalga chiqishga haqli edik
27 jan 2016 07:25
Yangiliklar


Yurgen Klopp: Biz finalga chiqishga haqli edik
Liverpul ustozi Yurgen Klopp jamoasining Angliya liga kubogi finaliga chiqqanidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Bugun muhit ajoyib bo'ldi. Kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Ularda Batlend va Krauch paydo bo'ldi. Raqib ko'p hujum qilmadi, lekin gol urdi.
Penaltilar seriyasida omadimiz keldi. Agar 120 daqiqani olsak "Liverpul" futbolchilari va muxlislari finalga chiqishga haqli edilar.
Uembli - futbol uchun ajoyib stadion, u erga g'alaba uchun boramiz, - deydi Klopp.
Liverpul finalda Manchester Siti – Everton juftligi (birinchi o'yin – 1:2) g'olibiga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar