So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

Yurgen Klopp: “Bahona izlamoqchi emasman” Yangiliklar

Yurgen Klopp: “Bahona izlamoqchi emasman”

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Xall”dan (0:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin jamoasining o'yininga baho berdi.

 “Ha bizda yuqori saviyada o'yin ko'rsatish uchun imkoniyatimiz bor va buni amalda ko'rsata olishimiz lozim. Buni shunchaki gapirish yoki bahona izlash kerak emas. Bilishmcha, bir qator jamoalar bizga qarshi qanday o'ynash lozimligini yaxshi bilib olishdi. Ammo bu muhim emas. Muhimi biz gol urish uchun vaziyatlarni yaratayapmiz va undan samarali foydalanishimiz kerak.

Biz doimiy ravishda yuksak saviyada o'yin ko'rsatishimiz kerak. Men bahona izlashdan yiroqman, bu kabi bahslardan keyin chiroyli gap so'zlarni gapirishdan foyda yo'q.

Hozir CHempionlar ligasiga yo'l olishimiz haqida gapirish fursati emas. O'zimizning eng yaxshi o'yiniminzni ko'rsatishimiz kerak. Bizni odamlar muhokama qilaverishsin. Biz hammamiz bundan yaxshiroq o'ynash kerakligini bilamiz. Ammo buning uchun bugun birinchi bo'limdagi singari o'yin ko'rsatishmiz kerak emas. Biz juda yomon o'yin ko'rsatdik. Birinchi bo'limda ayniqsa, raqibga osongina gol urishga imkon berdik. Bundan noroziman. Ikkinchi bo'limda shunday o'yin ko'rsatdikki, guyoki hech kim bizga bas kelolmasdi. Uyqudan uyg'onish kerak. Biz to'p bilan ko'p muomala qildik. Lekin bundan nima naf? Agar sen to'p bilan muomala qilib, gol urish uchun vaziyat yaratsang bu yaxshi. Biz o'zimizdan bu kabi holatni kutmagandik. Vaziyatga tanqidiy baho berish kerak. G'alaba qozonish uchun unga munosib o'yin ko'rsatish lozim. Xavfli vaziyatlarni yaratib, gol urish kerak. Hozir miyamda ko'p fikrlar g'ujg'on o'ynamoqda, ammo ularni hammasini ayta olmayman. Vaziyatni chuqur tahlil qilishim kerak”, deydi Klopp.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика