So’nggi yangiliklar

09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  0 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4

Yurgen Klinsmann: "Kerak bo'lsa yarim finalda ham 120 daqiqa futbol o'ynashga tayyormiz" Yangiliklar

Yurgen Klinsmann: "Kerak bo'lsa yarim finalda ham 120 daqiqa futbol o'ynashga tayyormiz"

Osiyo kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan Koreya Respublikasi va Iordaniya termalari o'rtasidagi bahsdan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida koreyslar bosh murabbiyi Yurgen Klinsmann ishtirok etdi.

"Yarim finalga ham etib keldik. Bu turnirni eng yuqori natija bilan tugatishni maqsad qilganmiz. Iordaniya terma jamoasini yarim finalga chiqqani bilan tabriklayman. Biz guruhda o'zaro to'qnash kelgandik. Endi yana to'qnash kelmoqdamiz, bu guruhimiz qanchalik kuchli ekanini anglatadi. Finalga tayyormiz. Kayfiyatimiz zo'r, futbolchilar barchasiga tayyor. Qiyin o'yin bo'lishi kafolatlangan.

Ha, Evropada eng katta yutuqlarni qo'lga kiritganman, lekin hayot keyingi maqsadlarni ko'zlashdan iborat. Koreya Respublikasini boshqarayotganimdan faxrlanaman. Osiyoda ham o'z nomimni qoldirishni maqsad qilganman. Osiyo kubogini qo'lga kiritishimiz kerak. Bu musobaqaning har bir lahzasidan bahra olyapman.

O'ziga bo'lgan ishonch va oldingi qadam qo'yish hozirgi pallada eng muhimi. Musobaqaning oldingi bosqichlari o'tib ketdi. Endi buning ahamiyati yo'q. Yarim finalga 100% shaymiz. Kerak bo'lsa yarim finalda yana 120 daqiqa futbol o'ynashga tayyormiz. Penaltilar seriyasiga ham. Final haqida o'ylashga esa hali erta. Bor etiborimiz yarim final o'yinida.

O'tkazib yuborilgan gollar, oldingi qoniqarsiz natijalarimiz o'tmishda qolgan. Boshidan tarix yozamiz. Agar siz Koreya Respublikasi 8 ta gol o'tkazgani sabab musobaqada g'olib bo'la olmaydi deb o'ylayotgan bo'lsangiz adashasiz. Biz buni maydonda isbotlaymiz. Keling, ijobiy narsalar haqida gaplashamiz. Biz ko'p gol o'tkazgan bo'lsak, undanda ko'proq gollar urdik. 

Musobaqaning boshida hammasi qiyin bo'ladi. Moslashib olish har bir jamoaga noqulaylik tug'diradi. Yarim finalgacha bo'lgan vaqt davomida biz Osiyo kubogiga to'liq ko'nikib oldi. Argentina qanday qilib Jahon chempioni bo'lganini eslashimiz kifoya. Bu butun bir jarayon. Bizda o'zimizga bo'lgan ishonch shakllanib bo'ldi. Saudiya Arabistoni va Avstraliyaga qarshi o'yinda nima bo'lganini ko'rdingiz. Barchasi ruhiyatga bog'liq. Maqsadimiz chempionlik, ortga yo'l yo'q", -deydi Yurgen Klinsmann.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика