So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

Yurgen Klinsman: "Iordaniya ko'rsatgan o'yin tahsinga loyiq. Durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Yurgen Klinsman: "Iordaniya ko'rsatgan o'yin tahsinga loyiq. Durang adolatli natija bo'ldi"

Osiyo kubogi ikkinchi turidan o'rin olgan Koreya Respublikasi va Iordaniya o'rtasidagi super to'qnashuvdan keyin koreyslar bosh murabbiyi Yurgen Klinsman matbuot anjumanida qatnashdi.

- Iordaniyaga qarshi o'yin haqida nimalar deya olasiz?

- Qiyin o'yinni kutgandim, shunday ham bo'ldi. Raqibga qoyil qolish kerak. Gol urib olganimizdan keyin tempni tushirdik va darhol jazolandik. Birinchi taym juda qiyin o'tdi, keyingi bo'limda vaziyatni o'nglash uchun o'ynadik. Oldinda yana o'yinlar bor, o'rganadigan narsalarimiz talay. Musobaqaga ettita o'yin o'tkazish maqsadida kelganmiz. Juda intensiv uchrashuv bo'ldi, Iordaniyaga alohida rahmat aytaman.

- Birinchi bo'lim qiyin bo'ldi dedingiz. Umuman bu o'yinda Koreya Respublikasi g'alaba qozonishiga nima to'sqinlik qildi? Bir ochko qanchalik muhim?

- Bugungi o'yin uchun tuzgan bir necha rejalarimiz o'xshamadi. Paslar masalasida muammoga uchradik. Tan olish kerak, 2:2 adolatli natija bo'ldi. Musobaqaning yaxshi tarafi shundaki, siz tezda keyingi o'yinga tayyorlanishni boshlaysiz. Xatolarni esa tezlik bilan keyingi o'yinda to'g'rilasa bo'ladi.

- Ayni damda Koreya Respublikasi ikkinchi o'rinda bormoqda. Siz keyingi bosqichda to'qnash kelishingiz mumkin bo'lgan ehtimoliy raqiblar bo'yicha hisob-kitoblarni olib boryapsizmi?

- Biz guruhda birinchi o'rinni egallamoqchimiz. Istalgan raqib bilan to'qnash kelishga tayyormiz. Oxirgi turdagi o'yindan keyin pley-off bosqichi haqida gaplashamiz. Hozir buning mavridi emas.

- O'yindan oldingi matbuot anjumanida Iordaniya himoyada o'ynaydi deyishganida, siz bu fikrga qo'shilmagandingiz. Amalda ham shunday bo'lib chiqdi. Raqibning bugungi o'yinini qanday baholaysiz?

- Ular Malayziyaga to'rtta gol urishdi. Bu Iordaniyaning hujum qila olishini anglatardi. Birinchi bo'limda raqib juda zo'r o'ynadi. Individual harakatlar tahsinga loyiq. Ikkinchi bo'limda biz kerakli o'zgarishlarni amalga oshirdik. Bugun ikki xil uslubdagi jamoalar to'qnashuvi bo'ldi. Iordaniyaning o'yini maqtovga loyiqligini takidlab o'tishim kerak.

- Tarkibga qarasak, sizda juda zo'r jamoa bor. Qog'ozda biz ancha kuchliroq edik. Bugungi o'yinimiz tarkibdagi futbolchilarimizning nomiga mos bo'lmadi. Malayziyaga qarshi o'yinda qanday o'zgarishlarni amalga oshirmoqchisiz?

- Men qog'ozga qaramayman. Bugun qiyin o'yin bo'ldi. Bilaman, yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. 7ta o'yin o'tkazish - bizning asosiy maqsad. Terma jamoamizda qiyinchiliklar bo'ladi. Hamma o'yinlarda osonlik bilan g'alaba qozonamiz deb o'ylasangiz, yanglishasiz. Siz bunga ko'nikishingiz kerak. Osiyo kubogidagi istalgan terma jamoada kuchli qarshilik ko'rsata oladi. Umuman olganda, turnir davomida ikkitagina o'yin o'tkazdik. Har bir o'yinchiga musobaqa moslashishga vaqt kerak. Hisobda ortda qolish juda qiyin narsa. Siz gol o'tkazib, shu zahoti vaziyatni o'zgartirishingiz kerak. Biz hisobda ortda borayotganimizda yaxshi reakciya qila oldik va vaziyatni tenglashtirdik. G'alaba qozonish uchun ham vaqt bo'ldi. Bu xursand qiladigan narsa.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика