Yupp Xaynkes: “Durang uchun jamoamni ayblay olmayman”
25 fev 2018 01:06
Yangiliklar
Yupp Xaynkes: “Durang uchun jamoamni ayblay olmayman”
“Bavariya” bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Bundesliga 24-turida “Gerta”ga (0:0) qarshi bahsda qayd etilgan natijaga o'z munosabatini bildirdi.
“Golsiz durangga qaramay, jamoam bahsga har tomonlama tayyor ekanligini namoyish eta oldi. Birinchi bo'limda ayniqsa, ko'plab xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmadik. “Gerta” juda yaxshi himoyalandi. Albatta, bu natijaga ko'nikishga majburmiz, umuman olganda jamoamni ayblashdan yiroqman. Nimagadir bugun to'p darvozaga kirishni istamadi. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi”, deydi Xaynkes.
“Gerta”ga qarshi durangdan keyin myunxenliklarning 14-ta o'yindan iborat g'alabali seriyasiga chek qo'yildi va jamoa bu boradagi shaxsiy rekordini yangilay olmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar