Yupp Xaynkes Kroosga "Bavariya"da qolishni maslahat bergan
04 dek 2014 23:32
Yangiliklar


Yupp Xaynkes Kroosga "Bavariya"da qolishni maslahat bergan
"Bavariya" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkesning shogirdi Toni Kroos "Real"ga o'tishidan ustozidan maslahat so'ragan ekan.
"Toni Kroos menga qo'ng'iroq qilib, "Real"ga o'tishdan oldin maslahat so'radi. O'shanda men unga Myunxenda qolishi kerakligini aytgandim. Ammo u "Real"ga o'tish eng yaxshi variant ekanligini tushuntirgandi. Natijada Toni Kroos o'z tanlovida qoldi", - deydi "Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkes.

Fikrlar