So’nggi yangiliklar

08:55Шомуродов ҳеч қаерга кетмайди  2 08:29Расман. «Ал Насср»дан сўнг «Ал Аҳли» ҳам йирик трансферни амалга оширди  1 08:06Sofascore. Шукуров шериклари орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  2 07:39Ўзбекистон кубоги март ойида старт олади  0 01:50"Милан" ва "Фейеноорд" келишувга эришиш арафасида  2 01:15Расман: "Ал Насср" 90 миллионлик трансфер амалга оширди  13 00:50Туркия. Икки футболчиси четлатилган "Сивасспор" мағлуб бўлди, Турғунбоев тўлиқ ўйнади  0 23:51Рэшфорд "Барселона"га ўтиш учун 3 клуб таклифини рад қилди  3 23:21Йўқ! 108 миллионлик трансфер амалга ошмайди  5 22:47Родри ушбу мавсумда ўйнайдими? Гвардиола жавоб берди  3 22:18Слот: "Барчаси Салоҳга боғлиқ"  3 21:52Консейсау истеъфога чиқарилиши мумкин  8 21:38БАА. 3та пенальти тепилган, 7та гол урилган ўйинда "Ал Ваҳда" мағлуб бўлди, Эркинов 63 дақиқа ўйнади  0 21:20Клублар ўртасидаги ЖЧ тўпи намойиш қилинди  46 20:50Саудия Арабистони. "Ал Файҳа" ўз майдонида дуранг қайд этди, Шукуров тўлиқ ўйнади  1

"Yunayted" tanlagan yo'lidan qaytdi. Ronalduning qaytishi SAF va muxlislar uchun xursandchilik, lekin klub uchun... Yangiliklar

"Yunayted" tanlagan yo'lidan qaytdi. Ronalduning qaytishi SAF va muxlislar uchun xursandchilik, lekin klub uchun...

Bir hafta oldin ham "Yunayted" yozni ajoyib o'tkazdi deganlar etarlicha edi.

Bunda muhim qadamlardan biri — erkin agent Serxio Ramos emas, hali shartnomasi bor Rafael Varanning xaridi bo'lgandi. 

Iqtibos: "Bundan bir necha yil avval "Yunayted" [Varanning o'rniga] o'yini, yoshi va oylik maosh bo'yicha talablariga qaramay, Serxio Ramosni tanlardi. Vudvord — bunday kelishuvlarning ustasi: Pogba transferi klub ijtimoiy tarmoqlarini jonlantirib yuborgandi, SHvaynshtayger ham shunga yaqinroq maqsadda xarid qilingan".

Biroq endi klub aynan shunday xatoga yo'q qo'ymoqda: uzoq yillik loyihani xavf ostida qoldiradigan, kamida uni to'xtatib turadigan, bitta futbolchini xarid qilyapti, lekin malum vaqt davomida millionlab muxlislar va hatto bitta hurmatli shotlandiyalikni ham baxtli qiladi. Ha, Ronaldu Manchesterning "qizil" tomonida: "Yuventus" 15 + 8 mln evro bonusni oladi ("The Athletic" malumoti), portugaliyalik esa soliqlardan keyin haftasiga taxminan 480 ming funt ishlab topadi. Payshanba va hatto juma tongida ham Krishtianu Ronaldu "Manchester Siti"ga o'tadigan edi. Muxlislar hattoki, "La Gazzetta dello Sport"ning xabaridan keyin futbolchi liboslarini yoqishga tushib qolishdi: Italiya mediasi Krishtianuga "Man Siti" varianti yoqayotganini malum qildi. Manbaaga ishonmaslik mumkin, lekin bir narsa aniq edi: portugaliyalik "Yuve"dan ketishni shunchalik istadiki, qaerga bo'lsa ham ketishga tayyor edi.

Ueyn Runi va Ole-Gunnar Sulsher "Yunayted" afsonasini "tartibga chaqirishga" urinib ko'rishdi, ammo bu ish bermadi. SHu sabab "Yunayted" og'ir artilleriyaga murojaat qilishga majbur bo'ldi: portugaliyalikka ser Aleksning o'zi qo'ng'iroq qildi. Aynan Fergyuson bilan uchrashuvdan keyin barchasi teskari tomonga o'zgarib ketdi: "MYU" bu poygada favoritga aylandi, "Siti" sekingina o'yindan chiqqanini elon qildi.  

Portugaliyalik uchun "Yunayted" = ser Aleks. SHotlandiyalik murabbiy hali klubdaligida "Real" safida gol urgan Ronaldu golini nishonlamagani etmagandek, ayb ish qilib qo'ygan boladek turardi. Vaholanki o'sha kuni u (Krishtianuning basketbolchilar ham havas qiladigan sakrashi yodingizda bo'lsa kerak) tarixda qoladigan gollardan birini urgandi.

"Yuve"da Ron xursandchiligini yashirib o'tirmadi va bu qandaydir xato yoki tanqidga sabab emas — u endi Ronalduning "Yunaytedi" emasdi, u faqatgina Mourinoning yonida o'tirgan Kerrikni bilardi. Bugunga kelib tarkibda "tanishlar" ko'proq, ammo masalaning asl mohiyati deyarli o'zgarmadi: Ronaldu ser Aleks hurmati va o'z reputaciyasi uchun "iblislar" safiga qaytmoqda.


ESPN vakili Mark Ogden bazi narsalarni malum qildi. 

1.‎ Krishtianu aslida baribir "Siti"ga o'tishni ko'proq istagandi (APL va ECHL uchun chinakam kurashish hamda Pep bilan ishlab ko'rish imkoniyati), lekin MYUdagi sobiq jamoadoshlari va Brunudan messenjerlariga kelgan "sms"lar futbolchi fikrini o'zgartirishiga sabab bo'ldi.

2. Ronaldu va Mendesh MYU muxlislari portugaliyalikni sotqin deyishlarini xohlashmadi — salbiy imij kimga ham kerak?

Balki portugaliyalik "Man Siti"ga o'tish qanchalik yomon ish bo'lishini jiddiy o'ylab ham ko'rmagandir: 2008/09-yilgi mavsum (shayxlar uchun birinchi va Ron uchun oxirgi mavsumda) "Siti" o'ninchi o'rinni egallagandi. 

Kuni-kecha Rio Ferdinand o'z brendi FIVE "Tvitter"ida Krishga u ham telefon qilgani va "o'ziga keltirishga" uringanini mamnun holda aytib o'tdi. Biroq asosiy "aydor" (yana): ser Aleks agar uning sevimli futbolchisi azaliy raqib safiga o'tsa, u buni tushuna olmasligi. Ura, Krishtianu "Yunayted"da, shotlandiyalik sobiq murabbiy xursand, u bilan birga Sulsher ham mamnun: "The Athletic" xabariga ko'ra, Ole bir necha bor vaqti kelib, KriRoni "Old Trafford"ga qaytishi haqida aytib o'tgan. "Krishtianuning ulkan tajribasi yosh futbolchilarga yordam beradi", — deb yozishmoqda "The Athletic"da. Bir jihatga etibor bersak: xuddi shunday so'zlar Kavani kelayotganda ham aytilgandi, amalda esa Edinson yoshlarga qanchalik ustoz bo'la oldi... Xulosa o'zingizdan. 

Sulsher va MYU sport direktori Jon Merto mayda tarkibni bo'laklardan to'plagandi: "Borussiya"ni taslim bo'lishga majbur qilib Sanchoni ham sotib olishdi, Varanni chiroyli loyiha bilan kelajakka, muvaffaqiyatga ishontira olishdi. Keyin esa barcha muvaffaqiyatli harakatlarni Ronalduning shoshilinch transferi bilan barbod qilishdi. Ha, Ronalduning xaridi "Manchester Yunayted" uchun kutilmagan va shoshilinch bo'ldi. Bu erda klub Krishtianuning jamoaga tegadigan foydasidan ko'ra, "Manchester Siti"ga borib qo'shilishi oqibatlaridan ko'proq qo'rqdi.  

Sulsher Krishtianuga moslasha oladimi va tarkibida u bilan buyuk jamoa tuza oladimi yoki yo'q, bu alohida mavzu. Ammo keling hozir Krish bilmagan (balki bilgan) holda nimalarni buzib qo'yishi haqida gaplashamiz. 

•‎ Moslashuvchan hujum chizig'i nima bo'ladi? Har bir futbolchi istalgan nuqtada paydo bo'la olishi, jamoaga foyda keltirishi va to'xtovsiz harakatda bo'lishi kerak emasmidi oldingi chiziq vakillari? Sulsher shu narsa haqida orzu qilardi-ku?! 

"Men, o'z vaqtida Ueyn Runi, Karlos Teves va Ronaldu birgalikda o'ynaganini yaxshi eslayman. Kuchli futbolchilar doim birga to'p tepishi mumkin. Biz uchun harakat zarur — bugun uni jamoamizda ko'rdim", — dedi murabbiy "Lids"ga qarshi o'yindan keyin.

Ronaldu hozir 2008 yildagi kabi butun maydon bo'ylab yugurishga tayyor emasligini uning ashaddiy muxlislari ham inkor qila olmasa kerak. 

•‎ Jamoaning hozirgi himoyasi ham muammolardan holi emas: ishonchli tayanch yarim himoyachining yo'qligi, o'ziga xos xarakter sohibi Pogba va xushi kelgandagina top darajada o'ynaydigan himoyachilar. Tarkibda Krishtianu bilan o'tkazganimizdan ko'proq gol urishga ishonamiz shiormi endi?  

•‎ "Yunayted" hujumi esa hozir quyidagi ko'rinishga keldi: Ronaldu, Sancho, Grinvud, Reshford, Marsyal, Kavani, Jeyms, yosh Amad va hozircha jamoada qolayotgan Lingard. Ularning barchasiga qanday qilib maydonda joy topilarkan?


"Manchester Yunayted"ning yangi mavsumdagi quyidagi ehtimoliy tarkibi faqatgina FIFA simulyatorida "ish bersa" kerak. 


• Grinvud o'sishi uchun deb bir necha yil avval Lukaku va Sanches qo'yib yuborilgandi. Endi-chi, Meyson kutib tursinmi?

• Kimdir Ronalduning opasi Elma Aveyruni to'xtata oladimi? Yoki u MYU manziliga ham avvalgi klublarda bo'lgani kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali istagan gaplarini aytaveradimi?

•‎ Bu transfer Ed Vudvordning ishi emasmikan? SHunaqaga juda ham o'xshayapti: u ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar qancha ko'rilgani-yu, layk, izohlarning ko'pligi va etibordan sarmast bo'lsa ajabmas. 

Balki Krishtianu raqamlar bilan bu transferga shubha bilan qarayotganlarni tinchlantirgandek ham bo'lar: birinchi mavsumdayoq 30+ gol urib, klub tvitteri va instagramidagi auditoriyani nafaqat soni oshishi, balki o'sha insonlarni jonlanishiga ham sababchi bo'ladi. Qo'shimchasiga, kiyinish xonasida ham hech kim Krishtianuning kosmik maoshidan norozi bo'lib janjal qilmaydi: Krishtianu bilan o'ynashni barcha orzu qilgandi. Muxlislar ham, shotlandiyalik afsona ham xursand. Ammo endi klub siyosati unutiladi — uyog'iga bir gap bo'lar...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика