"Yunayted" Diego Godinga ko'z tikdi
02 dek 2014 19:22
Yangiliklar

"Yunayted" Diego Godinga ko'z tikdi
"Manchester Yunayted" rahbariyati yanvar oyida "Atletiko" himoyachisi Diego Godinni sotib olmoqchi.
"Qizil iblislar" markaziy himoyada juda kattagina muammolarga duch kelmoqda. Lui Van Gal jamoasida markaziy himoyachilarning deyarli barchasi bir martadan jarohat olib bo'ldi.
Yanvarga qadar "epidemiya" davom etaversa "Yunayted" 28 yoshli Godinni o'z safiga qo'shib oladi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri. Ispaniyadagi faoliyati davomida Diego anchagina katta tajriba to'pladi va Angliyada o'ynay oladi.
Urugvaylik futbolchining "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning iyuniga qadar davom etadi. Uning transfer narxi 36 million evroga (28.5 mln. funt) baholanmoqda. O'tgan yozda Godinga "Bavariya" qiziqqandi, biroq yakunda "Roma"dan Mexdi Benatiani xarid qilgandi.

Fikrlar