Yulian Draksler: “Real”ga qarshi o'ynashni har doim orzu qilganman”
17 dek 2013 10:19
Yangiliklar


Yulian Draksler: “Real”ga qarshi o'ynashni har doim orzu qilganman”
“SHalke” klubi yarim himoyachisi Yulian Draksler, CHempionlar ligasi 1/8 finali qura tashlash marosimidan mamnun bo'ldi.
“Bu o'yin biz uchun CHempionlar ligasida eng ajoyib o'yin bo'ladi. “Real”ga qarshi “Santyago Bernabeu”da o'ynashni har doim orzu qilganman.
Bizga “Real”dan kuchliroq raqib tushadi deb hech o'ylamayman, ammo biz mamnuniyat bilan sinovni qabul qilamiz. Men madridliklarga qarshi ikkala o'yinni ham intiqlik bilan kutaman”, - deya takidladi Draksler.

Fikrlar