So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

“Yozyovon” o'z maydonida "Zomin"ni mag'lub etdi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Yozyovon” o'z maydonida "Zomin"ni mag'lub etdi (to'liq sharh)

PRO-liganing 7-turida “Yozyovon” klubi o'z muxlislari qarshisida Jizzax viloyatining Zomin klubini qabul qildi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi. Dastlabki daqiqalarda “Yozyovon” futbolchilari tashabbusni qo'lga olgan bo'lsa, oradan bir oz o'tib vaziyat tenglashdi. Bellashuvning 11-daqiqasida “Yozyovon” jamoasining hujumi samara berdi.  Mezbonlar sardori Zoxid Ismoilov to'pni raqib darvozasining olis pastki burgchagiga yo'llab, hisobni ochdi. Goldan ruhlangan Yozyovonliklar yana bir necha bor  hujumlar uyushtirgan bo'lsalarda, vaziyatlar gol bilan yakunlanmadi. Birinchi bo'limning ikkinchi qismida “Zomin” jamoasi tashbabbusni qo'lga oldi. Birinchi bo'lim yakunlanib borayotgan bir pallada  “Zomin” jamoasining    11-raqamli futbolchisi Behruz Do'stmurodov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi, lekin hakamlar o'yindan tashqari xolatni qayd etib, golni inobatga olishmadi va uchrashuvda hisob o'zgarmadi. Birinchi bo'lim 1:0 hisobida Yozyovonliklarning g'alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Ikkinchi bo'lim shiddatli va bellashuvlarga boy tarzda boshlandi. O'yin tizgini goh mezbonlarga, goh mehmonlarga o'tib turdi. Uchrashuvning 57-daqiqasida hakam mezbonlar darvozasi tomon  jarima to'pi belgiladi. “Zomin” jamoasining 20-raqamli futbolchisi SHaxzod Abdurahimov chamasi 35 metrlardan kuchli  zarba yo'lladi, zarba aniq bo'ldi, lekin darvozabon to'pni egallab oldi. 62-daqiqada mezbonlarning 77-raqamli futbolchisi Abdulaliz Jo'raboev jamoadoshining qulay uzatmasidan so'ng raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, zarba berdi, darvozabon to'pni qaytarib qoldi. Ikkinchi taym o'rtalarida yana o'sha “Zomin” jamoasining 11-raqamli futbolchisi Behruz Do'stmurodov raqib darvozasi tomon bergan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Yozyovonliklaring  3-raqamli futbolchisi  Jasurbek Otaxonov raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi, lekin zarba noaniq ko'rinish hosil qildi. Ikkinchi taym oxirida Jizzaxliklar mag'lubiyatdan qutulib qolishlari mumkin edi. “Yozyovon ” jamoasi hujumga berilib ketganidan so'ng mehmonlar himoyachilari to'pni egallab olib, hujumchilarga uzatishdi. “Zomin” jamoasining 4-raqamli futbolchisi Eldorbek Karimov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, darvozabonni aldab o'tdi, o'tkir burchak ostida turib to'pni darvozaga tepdi, so'ngi pallada  himoyachilar ulurib qolishdi. O'yin yakunida “Zomin” jamoasi hujumga tashlandi, lekin ketma-ket uyushtirilgan hujumlar naf keltirmadi.  Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va mezbonlar kichik 1:0 hisobida g'alaba qozondilar.  
     
PRO-liga. 7-tur
“Yozyovon” – “Zomin” – 1:0 (1:0)  
Hakamlar:
A.Ergashev (Toshkent shahri) A.Saidov (Toshkent viloyati) SH.Azamov (Toshkent viloyati)
Nazoratchi– V.SHashkov (Toshkent shahri)
Komissar– S.Qudratullaev.
Gol: Zohid Ismoilov 11, - 1:0.
"Yozyovon": 35.Muhriddin Ahmedov, 3.Jasurbek Otaxonov,7. Zohid Ismoilov, 8.Alisher Fayzullaev (9.SHarifjon Mirzaev 90+2) 10.SHahboz Abdurahmonov, 11.SHahboz Abduraimov (14.Anvarjon Abdulhaqov 87) 13.Zokirjon Nurmatov, 17.Maqsadbek Ibragimov, 18.Mamurjon Qosimov, 19.Karimberdi Mamadaliev, 77.Abdulaziz Jo'raboev
Zaxira: 1.Jasurbek Abdullaev, 2.Mirzoxid Mirzamuhmudov, 5.Amirbek Nurmatov, 8.Asilbek Alauddinov, 30.SHukurullo Abdug'aniev
"Zomin": 16.Nodir Hamidov, 2.SHuhrat Sadriddinov (18.SHohjahon Abbosov 86) 5.Ubaydullo Nabiev, 6.SHerzod Jalilov, 7.Tursunmurod Hamdamov, 8.G'ayrat Umirov, 10.Durbek Kamolov (4.Eldor Karimov 70) 11.Behruz Do'stmurodov (12.Xazratjon Tursunqulov 76) 14.Dostonbek Toshmatov, 17.Jonibek Ko'chimov, 20.SHahzod Abdurahimov
Zaxira: 1.Javohir Komilov,9.Lutfullo Fayzullaev,13.Rinat Muhammedshin, 15.Asliddin Meliboev

Bekzod Tolibov Yozyovondan championat asia uchun maxsus.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика