So’nggi yangiliklar

09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  0 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  1 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  11 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  1 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  2 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  8 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37

“Yozyovon-Lochinlari”da nima gap? Yangiliklar

“Yozyovon-Lochinlari”da nima gap?

Bugun 23 dekabr, yakshanba kuni saytimiz muxbiri Bekzod Tolibov “Yozyovon-Lochinlari” klubi vakillari bilan uchrashib, ayni damda jamoadagi vaziyat haqida suhbatda bo'ldi.

Suhbat jarayonida klub direktori Tolibxon Yusupov Pro Liga-2018 mavsumi yakunlari va ayni damda jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

-    Jamoamizda ayni damda o'yingohimizni yangi mavsumga shay xolatga keltirish bo'yicha ishlar amalga oshirilmoqda –deydi “Yozyovon-Lochinlari” klubi direktori Tolibxon Yusupov. Bilasizlar jamoamiz uy uchrashuvlarini Yozyovon tumani “Markaziy” o'yingohida o'tkazadi. O'yingohimiz chimini futbol talablariga mos ravishda tayyorlash uchun harakat qilmoqdamiz. To'g'ri, hozir biz o'yingoh chimini butkul almashtirayotganimiz yo'q, lekin sug'orish,  ayrim joylarga chim o'tqazish va stadion atrofini tamirlash ishlari tegishli tashkilotlar bilan xamkorlikda amalga oshirilmoqda. O'ylaymanki shu kabi amaliy ishlarimiz o'z natijasini bersa, yangi mavsumda o'yingohimiz yangi mavsumga shay xolatga keladi. O'zbekiston PFL tomonidan futbol klublariga qo'yilayotgan talablarni qo'llab-quvvatlayman, biz hozir aynan mana shu talablarni bajarish ustida ish olib bormoqdamiz. Hozir jamoamiz yangi mavsumda qaysi ligada ishtirok etishini bilmaymiz, agar O'zbekiston PFL tomonidan yuboriladigan maxsus ishchi guruh jamoamizdagi vaziyatni o'rganib, Pro-Liga “V” guruhida o'ynashimizga ruxsat bersa, unda biz yangi mavsumda kuchli uchlikka kirishini o'z oldimizga maqsad qilib qo'yamiz. Hozir bizni oldimizda o'yingohimizni tamirlash bilan bir navbatda jamoamizning U-18, yani yosh tarkibini shakllantirish masalasi ham turibdi. Bu borada OAVda ham malumotlar berildi, dekabr oyining ilk kunlaridan boshlab jamoamizda yosh futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda. Viloyatimizda ananaviy tarzda har yili tashkil etilayotgan “Hokim kubogi” musobaqasida ishtirok etish orqali biz jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini ko'tarinki ruhda tashkil etmoqchimiz, o'ylaymanki mazkur musobaqa jismoniy tayyorgarlik yuzasidan bizga juda foydali bo'ladi.



SHundan so'ng “Yozyovon-Lochinlari” klubi bosh murabbiyi Salimjon Zokirov mazkur masala yuzasidan quyidagilarni aytib o'tdi.
- Yakunlangan mavsum “Yozyovon-Lochinlari” uchun qoniqarli tarzda o'tdi deb aytish mumkin. Jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadni qaysidir manoda uddaladi. Jamoamizning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, mavsum boshida o'z oldimizga maqsad qo'ygan edik. Yani maqsadimiz qanday edi? Albatta Pro-Ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish va mahalliy yosh iqtidorli futbolchilarni kashf etish.Sport principlariga ko'ra biz Pro-Ligada qolishni uddaladik. Agar bizni ham boshqa jamoalar kabi moliyaviy imkoniyatimiz yuqori bo'lganda, biz ham tajribali futbolchilarni jamoamizga olib kelish va shu orqali yuqori maqsadlar yo'lida kurashgan bo'lar edik. Mavjud imkoniyatimizdan kelib chiqqan xolda albatta yuqori o'rinlar uchun kurashdik. Bu yilgi mavsumda ilgarigi mavsumlardan ko'ra bir oz qiyinchiliklarga duch keldik, sababi taqvim yangi, bir jamoaning o'ziga ikki martadan borishimizga to'g'ri keldi. Lekin o'ylaymanki, ushbu yangicha yondashuv asosida tashkil etilgan har bir liga qiziqarli bo'ldi, muxlislarga tomoshabop uchrashuvlar taqdim etildi. Albatta biror bir ishni boshlasangiz, boshida qiyin bo'ladi, shunga yarasha etirozlar ham bo'ladi, keyinchalik natijasini bersa, ana unda o'zbek futbol rivojiga foyda bo'ladi. Aytishadiku “Yig'lab-yig'lab marza olsang, kulib-kulib sug'orasan”. SHaxsan o'zim O'zbekiston PFL tomonidan olib borilayotgan bugungi islohotlarni qo'llab-quvvatlayman.
Buni balki aytish o'rinli emasdir, lekin jamoamiz butun mavsum davomida bironta uchrashuvga bormasdan qolmadi. Ilgarigi mavsumlarda uzoq bo'lsa ham aynan o'yin vaqtiga etib borardik. Bu yil esa uchrashuvrdan bir kun borib, hordiq chiqarib, tayyorgarlik ko'rishimizga ham imkoniyat yaratib berilmoqda. Buning uchun birinchi navbatda klubimiz xomiysi Dilmurod Ergashevga minnatdorchilik bildiramiz. Dilmurod Ergashevni bilasizlar, tadbirkor, mana yaqinda Yozyovon tumanida tashkil etilgan “WORLD TEXSTILE” tikuvchilik korxonasiga asos soldi. Jamoamiz xomiysining moliyaviy imkoniyatlari qanchalik yuqori bo'lsa, tabiiy xolda moliyaviy imkoniyatlarimiz kengayadi.

“Yozyovon-Lochinlari” futbol klubi tashkil etilgan beri yosh iqtidorli futbolchilarni kashf etish borasida ijobiy ishlarni olib boradi. Bu yilgi mavsumda mana Asliddin Aloliddinov (2001 yil), Mirzohid Mirzamahmudov (2000 yil) kabi yosh iqtidorli futbolchilar jamoamizning ko'plab g'alabali uchrashuvlarida o'z hissalarini qo'shishdi. SHuningdek aytib o'tish lozimki, hozirgi kunda “Neftchi” va mamlakatimizning turli termalarida to'p surayotgan Abdujamol Isroilov (Osiyo chempioni), Abror Ismoilov kabi iqtidorlarli futbolchilar bizning jamoamizdan etishib chiqqan. O'z vaqtida Superliga jamoalariga mana shu Abror Ismoilovni taklif qilgan bo'lsamda, uni o'z jamoalariga qo'shib olishmagandi. Keyinchalik “Neftchi” jamoasiga o'zim ishga o'tganimdan so'ng, Abror Ismoilovni ushbu jamoaga taklif qildim, natijasini mana ko'rib turibsizlar, u o'zini ko'rsatdi va hozirgi kunda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi azosi hisoblanadi.

Jamoamiz har doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi, kichkina tumanda Pro-Liga talablariga javob beradigan jamoani shakllantirishni o'zi aslida qiyin masala. Qachonki moliyaviy imkoniyatlarimiz yuqori bo'lsa, ana o'shanda biz ham yuqoriroq ligalarda to'p surishimiz mumkin bo'ladi. Albatta shunaqa ekan deb harakat qilmay jim turishni o'zi ham noto'g'ri bo'ladi. Biz bu borada ishlaymiz, izlanamiz, nasib qilsa kelajakda yuqori ligalarda o'ynay oladigan, raqobatbardosh jamoani shakllantiramiz degan umiddaman.


Bekzod Tolibov tayyorladi.              


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика