Yozgi transferlar vaqtida “CHelsi”ni 10 nafar futbolchi tark etishi mumkin
03 avg 2020 23:17
Yangiliklar
Yozgi transferlar vaqtida “CHelsi”ni 10 nafar futbolchi tark etishi mumkin
Mavsumlar oralig'idagi transfer oynasi ochilgan vaqtda londonliklar 10 nafargacha futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin, deya xabar bermoqda The Times.
Mavsumlar oralig'idagi transfer oynasi ochilgan vaqtda londonliklar 10 nafargacha futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin, deya xabar bermoqda The Times.
Nashr xabariga ko'ra, Markos Alonso, Emerson, Kurt Zuma, Andreas Kristensen, Ros Barkli, Mishi Batshuayi va Temue Bakayokoga bo'ladigan transfer takliflarni “aristokratlar” rahbariyati ko'rib chiqishga tayyor. “Arsenal” bilan muzokara olib borayotgan Villian jamoani tark etishi haqiqatga yaqin. Darvozabon Kepa Arrisabalaga esa ijara asosida boshqa jamoada to'p tepishi mumkin.
“CHelsi” joriy mavsumda APL turnir jadvalida 66 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar