Yozgi transfer oynasida “Navbahor”dagi o'zgarishlar
04 sen 2020 01:04
Yangiliklar
Yozgi transfer oynasida “Navbahor”dagi o'zgarishlar
Xo'sh, ushbu transfer paytida “Navbahor”da qanday o'zgarishlar yuz berdi?
Yozgi transfer davrida jamoamiz tarkibiga 2 nafar futbolchi qo'shildi. Bular - tajribali himoyachi Davron Hoshimov (Toshkentning “Lokomotiv” jamoasidan) va tojikistonlik mahoratli yarim himoyachi Ehsoni Panshanbe (Dushanbening “Istiqlol”jamoasidan. Ushbu futbolchi to'g'risida jamoamiz ixtiyoriga etib kelganidan so'ng, to'liq malumot beramiz).
“Lochinlar” safini esa tajribali himoyachi Obid Jo'raboev (Samarqandning “Dinamo” jamoasiga o'tdi), tojikistonlik yarim himoyachi Amirbek Jo'raboev (sobiq jamoasi “Istiqlol” (Dushanbe)ga qaytdi) tark etishdi.
SHuningdek, himoyachi SHahzodbek Hamidov (Samarqandning “Dinamo” jamoasiga), yarim himoyachi Anvarjon Hojimirzaev (Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga), bundan tashqari, “Navbahor - farm” jamoasi himoyachisi Iskandar Siddiqjonov (Samarqandning “Dinamo” jamoasiga) boshqa jamoalarga ijaraga berilishdi.
Biz “Navbahor” tarkibiga qo'shilgan yangi futbolchilarning jamoamizning g'alabalariga munosib hissa qo'shishlarini tilab qolamiz.
“Lochinlar” safini tark etgan hamda ijaraga berilgan o'yinchilarning esa keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar