Yozef Blatter: “Bizni yolg'onchilarga chiqarishdi”
15 jan 2016 22:55
Yangiliklar
Yozef Blatter: “Bizni yolg'onchilarga chiqarishdi”
- FIFA etika qo'mitasi siz va Platinini 8 yilga futboldan chetlashtirdi. Bunday holatda FIFA saylovini 26 fevralgacha qoldirish qanchalik to'g'ri?
- Albatta, saylovlarni ko'chirish lozim. Lekin hozircha FIFA va UEFA prezidentiga sankciyada barchasi aniq emas. Biz ikkimiz kelishmagan holda bir xil yo'l tutishga qaror qilibmiz. CHunki bizga qo'yilgan aybga qo'shilmaymiz. Ikki rahbarning halolligi shubha ostiga qo'yildi. Qo'mita Platini va Blatter o'rtasida og'zaki kelishuv bo'lmagan deb topdi. Demak, ikkimiz jiddiy bo'lmagan odamlarmiz. Bizni yolg'onchilar deb atashdi. Buni eshitish og'ir. Xuddi biz yosh bolalardek. Lekin mening yoshimda... Mishelda ham shunday ekaniga shubhalanmayman. Ular bizni so'roq qilishdi va keyin qarorga kelishdi. Biz gapirgan narsalar quloqlari yonidan o'tib ketganday. Hatto, aksincha bo'lgandek.
- Siz apellyaciya majlisi va SHveycariya sudiga murojaat qilmoqchisiz. Lekin charchamadingizmi? FIFAda 40 yil ishladingiz.
- Men kurashaman. Ikki narsa meni asabiylashtirdi. Birinchisi – tartibli bo'lmaganda ayblashgani. Ikkinchisi, nima uchundir pul to'laganim. Biroq bu sharmandalik, bunday narsalar bizning oilada ro'y berishi mumkin emas. Bu kabi hodisa menga 12 yoshimda, mehmonxonada ishlab yurgan paytimdayoq begona bo'lgan. Otam shunday derdi: “Hech qachon o'zing haqli bo'lmagan va ishlab topmagan pulni olma. Ishlarni pul yordami bilan hal qilish mumkin emas”. Bundan kelib chiqyaptiki, men bu maslahatga tupurganman. Buni shunday qoldirmayman. Oxiriga kurashaman. Kerak bo'lsa, SHveycariya sudiga murojaat qilaman. CHunki u fuqarolarini himoya qilishi shart. Voqealarning bunday kechishi...
O'ylashimcha, janob Platini FIFA etika qo'mitasi so'rog'iga kelmasdan to'g'ri yo'l tutgan. U hammasi hal etib qo'yilganini aytgandi. Faqat korrupciya bilan bog'liq ayblovni olib tashlashdi. Bu ham aralashgan bo'lganda umrbod futboldan chetlatishardi. Platini mendan boyroq, shekilli, u 80 ming frank, men esa 50 ming frank jarima to'lashim kerak. Agar umrbod chetlatishganda jarima to'lamagan bo'lardik.
- Qaror elon qilingach, siz yana qaytishingizni aytdingiz. Bu nimani bildiradi? Milliy federaciyalar ko'magiga umid qilyapsizmi?
- Menga ko'plab federaciyalar qo'llab-quvvatlashi bitilgan xatlarni yuborishdi. Asosan, afrikaliklar, yana evropaliklar. Ular ishni shunday qoldirmasdan, kurashishim zarurligini takidlashgan. Barcha shunday demoqda.
Saylovga tasir ko'rsatmayman. Har besh nomzodga neytral munosabatda bo'laman. Garchi, ulardan biri nomzodini qo'llashim borasida murojaat qilgan bo'lsa ham. Platini ishiga qaytishi haqida bilmayman, agar u oqlansayam. SHaxsan men halol nomim uchun kurashaman. Etika qo'mitasi qoidalarida kimnidir biror narsada ayblansa, aniq isbotlarga ega bo'lish lozimligi yozib qo'yilgan. Ular bizning nimada aybdor ekanimizni ko'rsatib berishi lozim. Ular bunga javoban biz aybsizligimizni isbotlashni talab etishyapti. Bu esa huquqiy normalarga to'g'ri kelmaydi.
- Etika qo'mitasi qanchalik daxlsiz? Ehtimol, u AQSH va SHveycariya huquqiy organlari bosimi ostida qaror qabul qilayotgandir?
- Etika qo'mitasi ishiga Amerika yoki SHveycariya hukumati aralashyapti deb o'ylamayman. Lekin savol o'z-o'zidan kelib chiqadi: ular bosim o'tkazishdimi? Yoki ularga oldindan ayb elon qilgan OAV tasir o'tkazganmi? Barchasi Platining FIFA prezidenti bo'lmasligi uchun o'ylab topilganmi? Yoki menga qarshi?
- So'nggi 5 yilda ijroiya qo'mitasining ko'plab azolari futboldan chetlashtirildi. Yaqinda bosh kotib Jerom Valke ham shunday jazo oldi. Nahotki, FIFAda barchasi shunchalik izdan chiqqan?
- O'sha odamlar haqida ko'p gapirishdi. Bu qayta saylanganimdan 4 kun o'tib, istefoga chiqqanimning asosiy sabablaridan biri. AQSH hukumati, FQB bizni mafiya deb elon qildi. Lekin lavozimni tark etganimdan keyin vaziyat o'zgardi. Endi FIFA jabrdiydaga aylandi. Barchasida milliy federaciyalar, konfederaciyalarni ayblashni boshlashdi. Evropada tashqari. UEFAni biror ishda ayblashmayapti. Qamoqqa olinganlar KONMEBOL yoki KONKAKAF konfederaciyalari rahbarlari edi. Albatta, FIFA ham o'zidan javogarlikni olib tashlagani yo'q.
- FIFA prezidentligi paytida boshqaruvni tozalashni xohlamaganmisiz?
- 2011 yil etika qo'mitasi tashkil etishni taklif qilgandim. Buning uchun jasurlik kerak bo'lardi. Biroq bu ijroiya qo'mitasi rahbarlarini tekshirish uchun lozim edi. UEFA bunga qarshi chiqdi, ular o'zlarini nazorat etilishini istashmadi. Qolganlar rozi bo'lgandi. Lekin KONKAKAFni isloh qilgan, FIFA vice-prezidentiga aylangan va konfederaciya rahbariga aylangan insonni birinchi bo'lib qamoqqa olishdi. Men har bir odamning qalbida nima borligini bilmayman va bunga javob bera olmayman.
- Platini etika qo'mitasi olib borgan ishni siyosiy jarayon deb takidladi. Bunga qo'shilasizmi?
- Ehtimol, shunday. Bularning ortida kim turibdi? Platini hozir FIFA prezidentligiga nomzodlardan biriga qattiq zarba berdi, u o'z vaqtida Mishelning UEFA prezidenti bo'lishida yordam bergandi. Men shahzoda Ali haqida gapiryapman. Bu voqealarda Ali qanday o'rin tutgan bo'lishi mumkin? Bilmayman. Lekin men bu ishlar mendan ko'ra ko'proq Platiniga qarshi uyushtirilgan deb o'ylayman. Menga endi nima farqi bor? Tez orada 80ga to'laman.
- Oxirgi paytlarda siz o'rningizga Platini kelmasligini istagandek ko'rindingiz. Bu tushunarli: u istefongizni 28 maydayoq talab qilgandi.
- U bilan doimo kelishib yashaganmiz. G'oya bo'yicha u bir kun kelib meni almashtirishi lozim edi. Biroq vaziyat o'zgardi. Balki, boshqa konfederaciyalar judayam o'sishga erishgan Evropadan cho'chishgandir. Yuzaga kelgan holatni tushungan Platini 2015 yil ovoz bermasligini malum qilgandi.
- U bilan kelishmovchilik shundan kelib chiqqanmi?
- Bilasizmi, bu kelishmovchilik bir hodisaga sabab bo'ldi. Uning Qatar 2022 yilgi jahon chempionatini o'tkazish huquqini olganda poziciyasini o'zgartirganini nazarda tutyapman. Xalal berishmi yoki maslahatmi, bilmayman, ammo bu siyosat edi. Jahon chempionati mezbonini aniqlashga har doim siyosat aralashgan. Bir mamlakat yoki davlatlar boshqalardan ustunroq va turli yo'llar bilan o'zi uchun foydali qaror chiqartira olardi. Nomzod mamlakatlar bo'yicha dokladlar ikkinchi masala. Albatta, Qatarning g'alabasini Franciya prezidenti Nikolya Sarkozining Mishelga aralashuvi yoki maslahati taminlagandi.
- Demak, Qatarning 2012 yil bu huquqqa ega bo'lgani siz uchun kutilmagan holat bo'lgan ekanda?
- Yo'q. Qatar bilan ham xuddi Rossiya bilan ishlagandek munosabatda bo'ldim. Doxaga 2-3 marta bordim. Haqiqiy zarbani SHveycariyaga amerikaliklar borganda, 27 mayda qabul qildim. Ular FIFA shtab-kvartirasiga yig'ilish paytida kirib kelishgandi. Bu shok edi. Undan haligacha chiqib keta olmayapman.
- Negadir Franciyaning aralashuvi va Sarkozining 2022 yilgi chempionat mezbonini aniqlashdagi tasirini oradan 5 yil o'tibgina eslab qoldingiz.
- 5 yil keyin emas, sal oldinroq. Bu hammaga malum voqea. Barchasi OAVda bo'lgan va muhokama qilingan. Bazida hodisani aniqlashtirish uchun tarixga qaytish darkor.
- Franciya Qatarning g'olib chiqishida ovoz berishga tasir qilganmi? Qatar AQSHni 14:8 natijasi bilan mag'lub etgandi.
- O'ylashimcha, futbol hech qachon voqealarga salbiy tasir ko'rsatmagan. Aksincha, doimo ijobiy tasirga ega bo'lgan. Lekin 2022 yilgi chempionatdan G'arb, SHarq va Amerika ham o'z maqsadida foydalanmoqda. O'zimni bokschilar uradigan qopdek sezyapman. SHveycariya va AQSH o'rtasidagi munosabat orasida yoki bundan ham muhimroq siyosiy o'yinda qolgandek. Balki, vaqtim keldi. SHu sababli ketishimni aytdim. Lekin saylovlar o'tgunga qadar men har qanday holatda FIFA prezidenti bo'lib qolaman.
- 2018 va 2022 yilgi chempionatlar o'tkazilishiga oid hujjatlarda 133 moliyaviy operaciya shubhali bo'lgani takidlangan. Bu mundiallar Rossiya va Qatarda o'tkaziladimi?
- Ijroiya qo'mita hal qilgandek bo'ladi, chempionatlar o'tkaziladi. Kimdir o'zini boshqacha tutgan bo'lsa va qonunga xilof pul o'tkazgan bo'lsa, unda javobgarlikni bo'yniga olishi lozim. Jahonda barcha SHveycariya banklariga ishonardi. Endi bunga putur etdi. Lekin shveycariyalik taftishchilar pulni qidirayotgan bo'lsa... 2011 yil Platiniga o'tkazilgan ikki million frankni topishdi. Bir bank pulni shaxs nomiga o'tkazgan va uning halolligi haqida shubha paydo bo'lgan.
- Nega FIFA 2018 va 2022 yilgi mundiallar bo'yicha taftish olib borgan Maykl Garsiyaning dokladini to'liq elon qilmadi?
- Agar dokladdagi nomlar etika qo'mitasi uchun hal qilish kerak bo'lgan shaxslar bo'lganda elon qilinardi. Men va Mishelning ishini darrov ko'rib chiqishdi. Boshqa birov bo'lsa, 3-4 yil davomida ishni ko'rishardi. Ijroiya qo'mita uni elon qilishga haqli emasdi. Men uni o'qimaganman. 2014 yil oktyabr yoki noyabr uyida uni SHveycariya hukumatiga topshirganmiz. Biz hech narsani berkitmasligimizni ko'rsatganmiz.
- Sizning tarixingizdan qanday saboq chiqariladi?
- Janob Avelanj meni ishga taklif qilganda futbol xalqlar o'rtasida umumiy til bo'lishi kerakligini takidlagandi. O'sha 1975 yilda biz futbol bilan Janubiy Amerika va Evropada faol shug'ullanardik, Afrika va Osiyoda bunday emasdi. Men shu yo'nalishda ishni boshladim va futbol umumiy tilga aylandi. FIFAda moliyaviy ahvol ajoyib. Asosiy homiylar bilan 2026 va 2028 yilgacha shartnomalar tuzilgan. Ushbu mavhum holat tugaganda yana futbol bilan shug'ullanishni boshlaymiz.
- Siz kitob yozyapsiz. U qachon sotuvga chiqadi? U xotiralar haqida bo'ladimi?
- Ha, kitob yozyapman. Bu hayotdagi turli voqealardan iborat to'plam bo'ladi, biografiya yoki boshqa narsa emas. Uni 26 fevralda o'tadigan FIFA kongressidan keyinoq chiqarishni mo'ljallayapman. U erda nomalum narsalar bor. Hazilomuz. Germaniya sobiq kancleri Gelmut SHmidtning kitobini o'qib ko'rib, shu yo'nalishda kitob yozishni istadim. U kitobni “CHekish paytida” deb nomlagan. Men chekmaganim sababli futbolga bog'liq nom tanladim: “Futbol – mening vazifam”.
- Lavozimingizdan rasman ketadigan 26 fevraldan so'ng nima qilishni mo'ljallayapsiz?
- Hozir sog'lig'im bilan shug'ullanyapman. SHunchaki yashashni istayman, chunki hayotim oldinda. Oilam va rafiqam bilan yashashni xohlayman. Radioda jurnalist bo'lib ishlayman. “Frans Internasional” radiosi mendan Franciya Kubogidagi bir o'yinda ishlashni so'radi.
- Hozir Platini qarshingizda o'tirganda unga nima degan bo'lardingiz?
- Unga shunday derdim: “Ko'rdingmi, biz uchun ular juda muhim odamlar edik. Va darhol ikkalamiz bilan hisob-kitob qilishdi”. Bazida fikrlarimiz bir joydan chiqmagan, lekin takrorlayman: Platini – halol inson.
Behzod NAZAROV tayyorladi.
Fikrlar