So’nggi yangiliklar

14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  5 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  1 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  15 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  20 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10 11:37Эрон Про лигасидаги таниқли легионерлар, улар орасида АПЛда ўйнаган футболчи ҳам бор  1 10:58"Барса" Осиё турнеси бошланишидан олдин уч нафар футболчи билан хайрлашмоқчи  1 10:23Ламин Ямаль барча даврларнинг энг яхши футболчиларидан иборат рамзий терма тузди. Термадан "Реал"нинг собиқ 6 та футболчиси жой олди  10 09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  3 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  2

Yozda eng ko'p harajat qilgan top-10 jamoalar Yangiliklar

Yozda eng ko'p harajat qilgan top-10 jamoalar

Yozgi transfer mavsumi ham o'z nihoyasiga etdi. Angliya jamoalari bir milliardan ortiq mablag'ni sarf qilishdi bu ko'rsatkich bo'yicha Italiya hamda Germaniya jamoalaridan qo'shib hisoblaganda ko'proq mablag'dan voz kechdilar.

Yozgi transferlarda eng ko'p pul sarflagan o'nta jamoa bilan tanishing.

10. “Tottenxem”


Sarf qildi: 82,5 mln evro 

Transferlari: Mussa Sissoko ("Nyukasl", 35mln evro ), Vinsent Yanssen ("Ayaks" 22,1 mln evro), Viktor Vanyama ("Sautgempton" 14,4 mln evro), Jordj- Kevin N’ Kudu ("Marsel" 11 mln evro ), Pau Lopez ("Espanol" ijaraga). 

London jamoasi yozgi transfer vaqtidaa eng dramatik transferlardan birini amalga oshirdi. "Bozor"ning so'ngi kunida "Tottenxem" deyarli "Nyukasl" jamoasi etakchisi bo'lmish Mussa Sissoko "Everton" jamoasi bilan shartnoma imzolash arafasida turgan edi lekin kutilmaganda "Tottenxem" katta sahnaga chiqdi hamda Mussa bilan shartnoma imzoladi.


9. "Roma" 


Sarf qildi: 98,1 mln evro 

Trasferlar: Jerson ("Fluminens" 16.6 ), Muhammad Salah ("CHelsi" 15), Stefan El – SHaaravi ("Milan" 13), Edin Jeko ("Man Citi" 11), Diego Perotti ("Jenoa" 9), Antonio Rudiger ("SHtutgart" 9), Alisson ("Internacional" 8), Mario Rui ("Empoli" 3, ijara), Ervin Zukanovich ("Sampdoriya" 2,8 ijaraga ), Tomas Vermalen ("Barselona" ijaraga). 

Rimliklar chempionlar ligasiga alohida etibor berish tayyorgarlik ko'rishgandi lekin kutilmaganda jamoa chiqib ketdi endi rimliklarning eng minimum maqsadi Evropa Ligasi hamda Italiya kubukni olish.


8. "Borussiya "Dortmund


Sarf qildi: 109,75 mln

Transferlar: Andre SHuerlle ("Volfsburg" 30), Mario Getse ("Bavariya 22), Usman Dembele ("Renn" 15 ), Sebastian Rode ("Bavariya" 12), Rafael Garrero ("Loryan" 12), Mark Bartra ("Barselona" 8), Emre Mor ("Nordshelland" 7), Mikeli Merino ("Osasuna" 3,75).

Oxirgi mavsumlarda Germaniyada, Franciya chempionatida bo'lganidek intriga yo'q. "Borussiya" oxirgi uch mavsum singari o'z etakchisini "Bavariya"ga sotib yubordi. Lekin endilikda Dortmundliklar markazida Roys- Getse juftlikda o'ynashini inobatga olsak bu mavsum "Borussiya" kuchayadi degan umidamiz.


7. "Arsenal"


Sarf qildi: 113 mln

Transferlar:Granid Jaka ("Borussiya M" 45), SHkodran Mustafi ("Valensiya" 41), Lukas Peres ("Deportivo" 20), Takumo Asamo ("Xiroshima" 4), Rob Xolding ("Bolton" 3).

May oyida Jaka Sotib olinishiga qaramay Venger janoblari o'z principlariga sodiq qoldi va transfer bozori yakunlanishiga bir necha kun qolganida ham hech kimni sotib olmayodgan edi. Lekin kutilmaganda transfer bozorining oxirgi kunida ikkita katta transfer qilishga muvaffaq bo'ldi. Bu transferlar jamoaga o'n yildan beri orzu bo'lib kelinayotgan chempionlik uchun yordam berar deb o'ylaymiz.


6. "Inter"


Sarf qildi: 113,3 mln

Transferlar: Joao Mario ("Sporting" 40), Gabriel ("Santos" 27,5), Antonio Kandreva ("Lacio" 22), Dodo ("Roma" 7,8), Kristian Ansaldi ("Jenoa" 6), Marselo Brozovich ("Dinamo" Zagreb 5), Janluka Kaprari ("Peskara" 4,5), Ever Banega ("Sevilya"), Janer Erkin ("Fenerbaxche" tekin). Milanliklar jamoani shonli davrini qaytarishga urinishmoqda. Indoneziyalik milliarderning "Inter"ga puli etmagan shekilli, jamoaga iyun oyida xitoylik yangi investorlarni jalb qildi va 68 foiz akciyalarni sotib yubordi. Xitoyliklar esa anchagina mablag'ni sarf qilishga ulgurshidi.


5. "Barselona"


Sarf qildi: 122,75 mln

Transferlar: Andre Gomes ("Valensiya" 35), Pako Alikaser ("Valensiya" 30), Samuel Umtiti ("Lion" 25), Luka Dini (PSJ 16,5), Yasper Sillessen ("Ayaks" 13), Denis Suares ("Vilyarreal" 3,25).

Kataloniyaliklar bir qator yosh iqtodorli futbolchilar bilan jamoani kuchaytirib olish barobarida o'zlarining etakchilarini ham qo'yib yubormadilar Klaudio Bravoni hisobga olmasa. Uning o'rniga "Ayaks"dan o'z darvozasidan "Rostov"dan javobsiz to'rta to'p olib chiqqan Sillessen olindi. Taxminlarga qaraganda, bu mabvsumda "Barsa" darvozasini Mark - Ter SHtegen qo'riqlasa kerak.


4. "CHelsi"


Sarf qildi: 141,3 mln

Transferlar: Michi Batshuai (“Marsel” 39), David Luiz (PSJ 38.5), N'Golo Kante (“Lester” 36), Markos Alonso (“Fiorentina” 22), Eduardo (“Dinamo” Zagreb 5). 

Transfer bozorning oxirgi kunida Antonio Konte himoyachi olishga qaror qildi. Dastlab Garayni olishga harakat qilib ko'rgan “CHelsi” buni uddalay olmadi. SHundan so'ng ikki yillik tanaffusdan keyin Luis Londonga qaytdi. Bundan tashqari “Fiorentina”dan Alonsoni ham xarid qildi. Alonso APLda o'ynash tajribasiga ega futbolchi. U avval “Bolton” hamda “Sanderlend”da o'ynagan.

 

3. “Yuventus”


Sarf qildi: 162,5mln 

Transferlar: Gonsalo Iguain (“Napoli” 90), Miralim Piyanich ("Roma" 32), Marko Pyasa (“Dinamo” Zagreb 23), Mario Lemina (“Marsel” 9,5), Xuan Kuardado (“CHelsi” 5 ijara), Mexdi Benatia (“Bavariya” 3 ijara), Dani Alvesh (“Barselona”, tekin), 

“Yuve” o'zining asosiy raqibi bo'lmish neapoliklar etakchisini o'zlarining saflariga qo'shib oldilar. Undan tashqari yana bir raqib, "Roma"dan Pyanichni xarid qildi. Miralimni sotib olishdan maqsad endilikda dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylangan yulduzni o'rnini bosish. 


2. "Manchester Yunayted"


Sarf qildi 185 mln 

Transferlar: Pol Pogba (“Yuventus” 105), Genrix Mxitaryan ( “Borussiya D” 42), Erik Bailli (“Vilyarreal” 38), Zlatan Ibragimovich (PSJ tekin), 

Bir necha yildan so'n Pep hamda Mour qarama qarshiligi Angliyaga qaytdi. Ular transfer bozorida ham kim qancha ishlatishga poyga o'ynashdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Birinchi bahsda biroz ustunlik bilan Pep g'alaba qozondi. Endi qolganini mavsum davomida kuzatamiz. 


1. “Manchester Siti”


Sarf qildi: 213 mln

Trasferlar: Jon Stouns ( “Everton” 55,6), Leroy Sane (“SHalke 04”, 50), Gabriel Jesus (“Palmeras” 32), Ilkay Gundogan (“Borussiya D” 27), Klaudio Bravo (“Barselona” 18), Nolito (“Selta” 18), Marlos Moreno (5,5), Aleksandr Zinchenko (“Ufa” 2), 

O'tgan mavsum singari klub prezidenti shayx Mansur eng ko'p pul sarflashda birinchi bo'ldi. Pep Gvardiola Angliyaga tashrif buyurdi va o'zi xohlagan barcha futbolchilarni taklif qila oldi. Endi uning oldida “Man Siti” ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish turibdi. 

Nozimov Nig'monxo'ja tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика