So’nggi yangiliklar

23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  8 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  6 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  25

Yozda "Barselona" shartnoma imzolashi kerak bo'lgan 5 futbolchi Yangiliklar

Yozda "Barselona" shartnoma imzolashi kerak bo'lgan 5 futbolchi

Teglar :  Barselona
2018 yilgi mavsum yakunlanishiga va yozgi transferlar oynasi ochilishiga oz vaqt qoldi.

"Barselona" chempionlikni nishonlab bo'ldi va endi qolgan uchrashuvlarni rasmiyatchilik uchun o'tkazadi.

Keyingi mavsumda jamoa kuchayishi uchun bir necha futbolchilar bilan shartnoma imzolashi kerak. Misol uchun...

5. MAKS MEYER

Tug'ilgan yili: 1995 yil 18 sentyabr
Poziciyasi: yarim himoyachi
Jamoasi: "SHalke-04"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 24 o'yin

Meyer - Bundesliganing yosh yulduzlaridan biri. 22 yoshli futbolchining xizmatlariga bir qator grand jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Germaniyalik futbolchining top uzatishlari aniq va chiroyli chiqmoqda. O'yinni yaxshi o'qiydi va maydonni yaxshi ko'ra oladi.

Meyer yozda erki agentga aylanadi. SHu boisdan "Barselona" uni Serxio Buskets bilan elkama-elka o'ynashi uchun transfer qilsa bo'ladi.

Valverde yarim himoyachi Ivan Rakitichni bir necha poziciyalarda sinab ko'rdi. Biroq xorvatiyalik futbolchini almashtiradigan futbolchi ham kerak.

4. KLEMEN LENGLE

Tug'ilgan yili: 1995 yil 17 iyun
Poziciyasi: himoyachi
Jamoasi: "Sevilya"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 31 o'yin, 3 gol

Franciyalik himoyachi bu mavsumda Ispaniya chempionatining eng yaxshilaridan biri bo'lib turibdi. Uning o'yinlari orqali "Sevilya" himoyasi anchagina mustahkam.

22 yoshli futbolchi to'pni olib qo'yishda juda yaxshi harakat qiladi. U "Barselona" himoyachisi Xerar Pike bilan yonma-yon o'ynay oladi va Valverdening o'yin uslubiga mos tushadi.

Klemen transfer qilinsa, "Barselona"ning himoyasi yanada yaxshilanadi.

3. EKTOR BELERIN

Tug'ilgan yili: 1995 yil 19 mart
Poziciyasi: himoyachi
Jamoasi: "Arsenal"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 33 o'yin, 2 gol

"Barselona" yozda Nelson Semeduni sotib yuborib, Belerinni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Balki yozda "Arsenal"ni boshqaradigan yangi murabbiyga ushbu futbolchi kerak bo'lmasligi mumkin. Ammo himoyachi ayni damda "Arsenal"ning asosiy figuralaridan biri bo'lib turibdi.

Belerin - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U sobiq jamoasiga qaytadigan bo'lsa, asosiy tarkibda bemalol o'ynay oladi. SHak-shubhasiz, u "Barselona" uchun kerakli futbolchi.

2. MARKINOS

Tug'ilgan yili: 1994 yil 14 may
Poziciyasi: himoyachi
Jamoasi: PSJ
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 23 o'yin

Himoyachi bir necha transfer oynasi ochilgan vaqtida jamoadan ketishga yaqin bo'ldi.

Braziliyalik futbolchi "Roma"dan keyin fantastik ravishda PSJga ko'nikib ketdi va Tyago Silva bilan birga yaxshi o'yin ko'rsata oldi.

19 yoshligida PSJga ko'chib o'tdi va ilk mavsumida Loran Blan uni 21 o'yinda maydonga tushirdi. Uning darajasi Samyuel Umtiti bilan teng.

Oldinroq Umtiti "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkinligi borasida malumotlar berilgandi.

1. ANTUAN GRIZMANN

Tug'ilgan yili: 1991 yil 21 mart
Poziciyasi: hujumchi
Jamoasi: "Atletiko"
Bu mavsum chempionatdagi natijalari: 30 o'yin, 19 gol

O'tgan yozda Grizmann "Manchester Yunayted" tarkibiga o'tishi mumkin edi, biroq Madrid jamoasi transferning amalga oshishiga to'sqinlik qildi.

Uning transfer puli 90 mln evro bo'lishi mumkin. Biroq u shunga arziydi. Juda kuchli futbolchi, bu mavsumda barcha turnirlarda 24 gol kiritdi va 13 bora assistentlik qildi va to'xtash niyati ham yo'q.

Uni "Barselona" sotib olishga harakat qilmoqda va shu orqali hujumni yanada kuchaytirishni istamoqda. Grizmann - bir necha yillardan buyon "Atletiko" tarkibida harakat qilib, yaxshi natijalarni qayd etayotgani sababli yana boshqa grand jamoalarning etiborida bo'lib turibdi. "Real", MYU kabi klublar ham uni sotib olish niyatida.

Ko'ramiz, Antuan qaysi jamoaga o'tarkin...

Mirjalol Normatov tarjimasi


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика