So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Yovanovich “Navbahor”da o'ynaydi Yangiliklar

Yovanovich “Navbahor”da o'ynaydi

Teglar :  Nemanya Yovanovich
Ertaga jamoamiz azolari ikki kunlik dam olishdan keyin yana mashg'ulotlarni boshlab yuborishadi.

Xabaringiz borki, mavsumlar oralig'ida tarkibga bir qator futbolchilar jalb etilib ular bilan shartnomalar imzolanmoqda. Bugun serbilik futbolchi Nemanya Yovanovich bilan shartnoma imzolandi. O'tgan mavsumni “Andijon” va “Qizilqum” klublari safida o'tkazgan hujumchi bilan bir yillik kelishuvga erishildi. O'zbekistondagi faoliyatini 2015 yili “Olmaliq” klubida boshlagan futbolchi oliy ligada 57 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urishga erishgan. Yovanovich faoliyati davomida Yugoslaviya, Ruminiya, Norvegiya va Qozog'iston klublari safida ham to'p surgan.

SHu o'rinda aytish joizki, Yovanovichni o'z tarkibida ko'rishni istagan klublar soni bir nechtani tashkil etgandi. Hujumchi bir necha kun oldin Toshkentga etib kelgan bo'lib, o'tgan vaqt davomida muzokaralar olib borildi. Futbolchni boshqa klubga o'tib ketishi mumkinligini inobatga olgan murabbiylarimiz Yovanovich haqida hech qanday malumot bermaslikni aytib o'tishgandi. Aynan shu sababli hujumchini jamoamiz safiga qo'shilishi mumkinligi haqidagi xabarni saytimiz orqali elon qilmay turgandik. SHu sababli, muxlislarimizni to'g'ri tushunishlarini so'rab qolamiz. “Navbahor”ning to'laqonli azosiga aylangan Yovanovich ertadan jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashishni boshlaydi.

Malumot uchun

Nemanya Yovanovich

1984 yilning 14 avgustida Serbiyaning Negotin shahrida tug'ilgan.

Bo'yi 191 sm.

Ampluasi hujumchi.

To'p surgan jamoalari

2000-2003      “Crvena Zvezda”

2001-2002      “Jeleznik”

2002-2003      “Big Bull"     14 (0)

2003-2007      “Unirya Urzicheni”   47 (7)

2004              “Arjesh”        4 (1)

2006              “Panduriy”   4 (0)

2007             ”Rimniku-Vilcha”    16 (4)

2007-2008      “Universitatya”        29 (6)

2008-2010      ”Vasluy”        30 (5)

2010    ”Unirya Alba-Yuliya”            15 (1)

2011    ”Taraz”           29 (7)

2012    “Qayrat”        14 (2)

2012    “Tobol”          9 (2)

2013    “Sannes Ulf”         9 (0)

2014    “Spartak Semey”      30 (7)

2015    “Olmaliq”     28 (9)

2016    “Andijon”    13 (5)

2016    “Qizilqum”   14 (8)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика