So’nggi yangiliklar

20:12U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон ярим финал йўлланмаси учун Саудия Арабистони билан курашмоқда (матнли трансляция)  225 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  2 19:54Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон – Эрон 2:2 (матнли трансляция)  24 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  4 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  6 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  1 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  0 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  6 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  35 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  10 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  11 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  6 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  7

Yoshligida chiqindilar orasidan butsa qidirgan Osimxen "Napoli"da yulduz bo'la oladi-mi? Yangiliklar

Yoshligida chiqindilar orasidan butsa qidirgan Osimxen "Napoli"da yulduz bo'la oladi-mi?

Italiyada yangi yulduz porlab chiqishi kutilmoqda - Viktor Osimxen.

"Napoli" hozircha A Seriya chempionligiga chinakam nomzodlar qatorida emas, lekin prezident Aurelio De Laurentis bundan tashvishlanmayapti. "Biz imkoniyatlarimizni yaxshi bilamiz va mavsumni yaxshi o'tkazishni istaymiz", – deydi u. Jamoa Italiya Kubogini qo'lga kiritdi — oxirgi yillardagi ilk sovrin, biroq muvaffaqiyatli klub nomi uchun bu kamlik qiladi. 

"U fenomenal futbolchi bo'ladi, — deydi darvozabon Nikolya Penneto. Eslatib o'tamiz, kiper Osimxen bilan "SHarlerua"da birga to'p tepgan. — Viktor maydonda barcha ishni qila oladi". Osimxen bu borada kamtarroq javob bergan: "Men shunchaki futbol o'ynashni istayman. Nazarimda, aynan futbol o'ynash uchun dunyoga kelganman".


Osimxen juda qashshoq oiladan. Bolaligida suv sotib, pul topgan

Lagosdagi Olusosun ahlat tashlanadigan joyga uch tonnadan o'n tonnagacha ijtimoiy chiqindi olib kelinadi. Yigirma yil avval u shahardan tashqarida edi, ammo o'tgan vaqt mobaynida Lagos aholisi uch barobar ko'paydi, chegaralar kengaydi va ushbu nuqta shahar markaziga ancha yaqin bo'lib qoldi. CHiqindilardan hosil bo'lgan tog'lar bilan yonma-yon aholi yashaydigan uylar bor. Minglab insonlar chiqindidan arzirli biror narsa topish ilinjida bo'ladi.

"Biz do'stlarim bilan ahlat tashlab ketiladigan joylardan butsalarni izlardik, — yodga oladi Osimxen "The Independent"ga bergan intervyusida. — CHap oyog'imizga Nike, o'ngi — Adidas, bazan omadimiz kelib ikki poy ham bir xil bo'lardi. Biz juda qashshoq tumanda istiqomat qilardik, oilam esa atrofdagilar ichida eng qashshoqlaridan edi".

Osimxen onasidan olti yoshligida ayrilgan. Otasini ayni o'sha damlarda policiyadagi ishidan haydab yuborishadi. Oila azolarining barchasi pul topishi talab qilinardi — jumladan etti bolaning kichigi bo'lgan Viktor ham.  

"Men suv sotardim va yo'lning o'rtasida yugurib, yo'l-yo'lakay pullarimni terib olardim. Akalarim gazeta tarqatardi, opalarim apelsinlarni ovqatga almashtirardi. Kambag'alligimizni hamma bilardi. Bir safar raqib jamoa o'yinchisi menga uyimda pul yo'qligi, otam uning onasidan ovqat so'raganini aytgan. Men yig'lab yuborganman, — xotirlaydi Osimxen France Football"ga bergan intervyusida. — Men ko'p yig'lardim. Yodimda, uy ijaraga bergan odam pulni olib ketishga kelar, otam bilan ko'rishgach, jahli chiqib ketardi. Men esa biror burchakka berkinib olib, yaratgandan bizga yordam berishini so'rardim".

"La Gazzetta dello Sport" malumotiga ko'ra, "Napoli"da Osimxen yiliga besh million evro maosh oladi (jamoada faqatgina Kalidu Kulibalida ko'proq — olti). Bu mablag' oila azolari ham chiroyli hayot kechirishi uchun etadi — oilasining tinchligi, farovonligi Viktor uchun birinchi o'rinda. Osimxenning otasi 2020 yil may oyida hayotdan ko'z yumdi.

"Yaqinlarimning ishi endi joyida. Bu eng muhimi. Ular istagan narsalariga ega bo'la olishadi. Men ularga o'zlari munosib bo'lgan hayotni taqdim etdim. Biroq orzularim hali ko'p", — deydi hujumchi.


Terri ECHL finalida penaltini ura olmaganida, Osimxen yuzini yorib oladi. O'shanda u o'ziga futbolchi bo'lishga vada beradi

Osimxen to'qqiz yarim yoshda edi, "Manchester Yunayted" va "CHelsi" Moskvada ECHL finalida to'qnash kelgandi.

"Men hech bir jamoaga muxlislik qilmagandim. Biroq Terri penaltini golga aylantira olmaganida juda xafa bo'ldim va ko'chaga qarab yugurdim, — deydi Viktor "Daily Mail"ga. — O'sha vaqtda tashqaridan bir ayol kirayotgan edi va qarshimdan eshikni ochadi… Buuum! Hammayoq qonga burkanadi. Yuzimga choklar tushar ekan, futbolga bunday mehr bilan professional o'yinchi bo'lmasam, o'zimni kechira olmasligimni tushunib etdim".

Ko'chada to'p tepayotgan Osimxenni "Ultimate Strikers" akademiyasi skautlari ko'rib qolishadi. Evropa klublari esa Viktor haqida 2015 yil kuz faslida xabar topishadi — CHilidagi U-17 Jahon CHempionatida. Guruhda Nigeriya Kristian Pulishich bor AQSHni mag'lub etadi, chorak finalda tarkibida Eder Militao bilan Braziliyani (3:0), finalda Malini taslim qiladi — 2:0. Osimxen musobaqaning barcha etti o'yinida gol uradi (ikki uchrashuvda bittadan ko'p gol). 10ta gol bilan Viktor musobaqa to'purariga aylanadi.


Venger bilan suhbatlashgan Osimxen "Arsenal", "Barselona", "Inter" yoki "Yuventus"ga o'tishi mumkin edi

Nvakali o'smirlar o'rtasidagi JCHdan keyin "Arsenal"ga ko'chib o'tdi, ammo nigeriyalik futbolchi klub safida birorta o'yinda maydonga tushmadi. Osimxenda ham London varianti bor edi. "Men Arsen Venger bilan gaplashgandim, — deydi futbolchi "The Independent"ga. — U meni "Arsenal"ga chaqirgandi. O'shanda oldimda tanlov imkoniyati keng edi: "Barsa", "Inter", "Atletiko", "Yuve" va yana boshqa top-klublar".

Viktor "Arsenal"ga o'tish, faoliyati uchun foydali bo'lmaydi deb hisobladi. "Men zaxirada o'tirishni emas, muntazam o'ynashni istardim. SHuning uchun, o'yin amaliyoti bera oladigan klub kerak edi. "Volfsburg" buning uchun qulay klubdek ko'rindi".

Lekin qaxramonimiz tanlovda adashdi — ikki mavsumda Osimxen bor yo'g'i 300 daqiqani maydonda o'tkazdi va umuman gol urolmadi. "Juda qiyin edi. Otam va akam bir necha oy men bilan bo'lib, keyin Nigeriyaga qaytib ketishdi. Mashg'ulotdan qaytardim va uyda hech kim meni kutmasdi. Juda yolg'iz edim. O'rganmagan muhit, taomlar, notanish til. Butkul notanish hayot tarzi", — xotirlaydi Viktor.

Vaziyatni tizzasidan olgan jarohati yanada qiyinlashtirdi, ammo Osimxen barcha narsaning yaxshi tomonini ko'rishga harakat qilardi: "Men maydonga kam tushgan bo'lsam ham, Mario Gomes va Divok Origidan ko'p narsa o'rgandim. Ular bilan mashg'ulotlarda birga harakat qildim — ajoyib maktab".


2018 yil Osimxen jiddiy kasal bo'ldi. Aynan shu sabab undan ikki klub voz kechdi

2017/18 yilgi mavsumdan keyingi tatilda Osimxen Nigeriyada bo'ldi va bezgakni boshidan o'tkazdi. "Germaniyada meni ikki haftalik karantinda qolishimni so'rashdi, keyin esa "Volfsburg"ga keragim yo'qligini tushunib etdim. Men o'zimni ijaraga berishlarini so'radim — uchinchi yoki to'rtinchi divizion jamoasiga bo'lsa ham. Men shunchaki o'ynashni istardim".

Kasallikdan keyin Viktor shu qadar holdan toyadiki, "Bryugge" va "Zyulte Varegem"da tibbiy ko'rikdan o'tolmadi. "SHarlerua"da tavakkal qilishdi — Osimxen bunga 36 o'yindagi 20ta gol bilan minnatdorchilik bildirdi.

"Qaysidir manoda faoliyatim "SHarlerua"da boshlandi, — deydi u. — Qayta o'ynashni boshlashim muhim edi. Odamlarning men haqimdagi fikri xatoligi isbotlash niyatida edim. Men haqimda yozishayotganini o'qish juda yoqimsiz edi. Germaniyalik jurnalistlar o'zlarini kasalim haqida bilmaydigandek tutishardi. Men esa tirik qolganim uchun yaratgandan minnatdorman".


Bir yilda narxi besh barobar oshadi — "Lill" uni 12 mlnga sotib oladi. Avvalroq uni CSKAga taklif qilishgan

"SHarlerua" Osimxenni "Volfsburg"dan 3,5 mln evroga xarid qiladi. Maqsad: uni darhol qimmatroqqa sotish. 2019 yil yozida Italiya OAV "Atalanta" va "Milan" tomonidan qiziqish haqida yozadi, ammo bergamoliklar Luis Murielni maqul ko'radi, "rossoneri" esa — Ante Rebich va Rafael Leauni xarid qildi. Leauning transferi "Lill"ga 20 million evro keltirdi va bu summaning malum qismi Viktor transferiga sarflandi — futbolchi francuz klubiga 12 mlnga tushadi.

Jurnalist Andrey Pankov malumotiga ko'ra, Osimxen oldida Rossiyaning CSKA varianti bo'lgan.


Osimxen jamoa uchun rekord bo'lgan dastlabki etti o'yinni 6ta gol bilan boshladi, "CHelsi" va "Valensiya"ga ECHLda, chempionatni esa to'purarlar ro'yxatining to'rtinchi pog'onasida yakunladi, Neymar bilan yonma-yon. 29 turda nigeriyalik 13ta gol urdi, mavsumda faqatgina Mussa Dembele (16), Kilian Mbappe va Vissam Ben Yedderda ko'proq (18tadan). "Viktor fantastik o'yinchi. U istalgan chempionatda o'ynab ketadi", — degandi "Lill" ustozi Kristof Galte, Osimxen jamoada qolmasligi aniq bo'lib ulgurganida.

Osimxenning sevimli futbolchisi — Dide Drogba, orzusidagi klub esa — "Real". Biroq boshlanishiga u "Napoli"ni tanladi — hozirgi klubi ham Viktor kabi katta g'alabalarni orzu qilib, intiladi.

"Bo'sh vaqtim bo'lib qolganida instagramda ruhlantiruvchi iqtiboslarni o'qiyman. O'zimga saqlab qo'yib, keyinchalik ham o'qib turaman. Bu yanada kuchli bo'lish uchun yordam beradi. Hayotimning kattagina qismi tirik qolish uchun kurashda o'tgan. Barchasi shu darajada yomon ediki, baxtli kelajakni orzu ham qilolmasdim. Ammo barchasi o'z qo'limizda ekan. Hozir erishgan yutuqlarimni o'ylayman va faxr tuyg'usini his qilaman", — deydi Osimxen.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика