So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

Yoshlarimizning Germaniyaga qarshi o'yini xususida Yangiliklar

Yoshlarimizning Germaniyaga qarshi o'yini xususida

Jahon chempionatida qatnashayotgan yoshlar terma jamoamiz (U-20) bugun 2-tur bahsini o'tkazib, Germaniyadan 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi o'yinda ham mag'lubiyat, ikkinchisida ham. Faqat birinchi o'yindan farqli o'laroq bu safar yoshlarimiz to'p kirita olishmadi.

Agar o'yinga Germaniya va O'zbekiston deb emas, balki "oqlar" va "ko'klar" bahsi deb qaraydigan bo'lsak, "ko'klar" butun o'yin davomida hech narsa qila olishmadi. Na biron bir esda qolarli xavfli vaziyat kuzatildi, na darvoza tomon golga tortadigan zarba berildi. Qisqasi, "ko'klar" raqib oldida ancha kuchsiz ekan. "Oqlar" esa taktik tomondan juda tartibli o'ynashdi. To'p oshirishlarda deyarli xatolar kuzatilmadi. Jarima zarbasi maromida ijro etildi, qolgan ikki gol ham tahsinga loyiq bo'ldi. 

Biz ko'pincha yoshlarimizdan umid katta degan gaplarni aytamiz. Lekin o'sha yoshlarni tarbiyalaydigan ham kattalar. Bugungi mag'lubiyat uchun futbolchilarni ayblamoqchi emasmiz. SHuningdek, murabbiylar shtabini ham. Hamma qo'lidan kelgancha harakat qildi. Albatta, biz uchun bu yoqda o'yinni TV orqali ko'rib fikr bildirish oson, lekin u erdagi vaziyat nima bo'layotganini bilmaymiz. Garchi yirik hisobda mag'lub bo'lgan bo'lsak-da, yoshlarimiz hartugul tartibli harakat qilishdi. Palapartish harakatlar, bo'lar-bo'lmas yugurishlar kuzatilmadi. Faqat raqibda mahorat yuqori ekanligi shundoq ko'zga tashlanib turdi. 

Germaniya yoshlar o'rtasidagi amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi. Va ularning ko'p o'yinchilari bundesligada o'ynashadi. Mana farq qaerda. Bugungi o'yinda hech bir futbolchimiz alohida ajralib turmadi. Hamma o'ziga topshirilgan vazifani bajarishga harakat qildi. Yakuniy hisob borasida nima deymiz, ikkala jamoa ham ko'rsatgan o'yiniga yarasha o'z nasibasini oldi. Hisob adolatli bo'ldi. Yoshlarimiz haqida nima deyish mumkin? Ularga murabbiy nima o'rgatayotgan bo'lsa, shuni bajarishyapti. Umuman butun O'zbekistonda murabbiylar qanaqa o'rgatsa, futbolchi shunday o'ynaydi. 

Bugungi bahsda Ravshan Haydarov tarkib va taktika tanlashda xato qildi deb o'ylamaymiz. Bu mag'lubiyat istalgan boshqa murabbiy bilan ham sodir bo'lishi mumkin edi. Qanchalar tanqid qilmaylik, hozirgi futbolimizning ahvoli shu. Biz hali professional darajaga ko'tarilganimiz yo'q. Biz hali raqiblarni yutadigan darajaga chiqmadik, hozircha faqat o'zimiz bilan o'zimiz kurashib yuribmiz. Yoshlarimizning avvalo jahon chempionatiga chiqqaniyoq katta voqea. Oldimizda turgan birlamchi vazifa imkon qadar Osiyoda o'zimizni ko'rsatib, jahon arenalariga chiqish bo'lib qolmoqda. Bizda futbol hali u darajada rivojlanmagan. Boshqa yoshdagi terma jamoalarimizda ham shu ahvol. Erta-indin milliy va olimpiya terma jamoalarimiz xunuk natija qayd etadigan bo'lsa, bungayam sira ajablanmaymiz. CHunki bizdagi murabbiylar saviyasi o'zbek futbolining hozirgi darajasini ko'rsatib turibdi. Futbolchi esa murabbiy aytganini qiladi, u to faoliyatini tugatgunga qadar o'quvchi bo'lib qolaveradi. 


X.Xoliqov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика