So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  3 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  42 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  4

Yoshlar ligasi. "Navbahor" - “Lokomotiv” 2:1 Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Navbahor" - “Lokomotiv” 2:1

Yoshlar birinchiligining 9-turida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qilgan “Navbahor” yoshlari g'alabani tantana qilishdi.

Ushbu g'alaba orqali yoshlarimiz jamg'arilgan ochkolar sonini 10 taga etkazib olishdi va musobaqa jadvalida 12-o'ringa ko'tarilib olishdi.

Birinchi bo'limda futbolchilarimiz ustunlikni qo'lga olgan holda harakat qilishdi. Hujumkor ruhda to'p surgan vakillarimiz raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. O'yin boshlarida Ravshan Xursanov hisobni ochishga yaqin kelgandi. Ravshan jarima maydonchasiga yorib kirib, darvoza tomon zarba yo'lladi. Futbolchimizning o'tkir burchak ostidan tepgan to'pini Rustam Nortojiev maydon tashqarisiga chiqarib yuborishga ulgurdi. Keyingi vaziyatda Timur Tolipovning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pini Abduaziz Sultanov darvozaga yo'llay olmadi. Birinchi bo'lim o'rtalarida “Lokomotiv” hujumchisi Bobir Tillaboev gol urishga yaqin kelgandi. Ashurmatov bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqqan “Loko” futbolchisiga Javohir Olimjonov imkon bermadi. 23-daqiqada esa raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Sultanov darvozani nishonga olib hisobni ochdi. Bo'lim so'nggida Ravshan Xursanov hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Xursanov ham raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda darvozani nishonga oldi.

Ikkinchi bo'limda “Lokomotiv” futbolchilari harakatida faollik ko'zga tashlandi. Natijada Ashurmatov qo'riqlayotgan darvoza oldida vaziyatlar yuzaga keltirildi. Darvozabon va himoyachilarimiz hujumlarni bartaraf etish raqibga imkon berishmadi. Vaqt o'tgani sayin futbolchilarimiz vaziyatni tenglashga erishishdi. Gol urish uchun Boydedaev, Xursanov va Tolipovlarda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lsada vaziyatlarni golga aylantirishda futbolchilarimizga aniqlik etishmadi. 73-daqiqaga kelib esa mehmonlar Akbar Qo'chqrovning aniq zarbasidan keyin hisobni tenglashtirishdi. Hisobdagi farqni qisqarishi uchrashuvning yakuniy qismini murosasiz ruhda o'tishiga zamin yaratdi. Qarama-qarshi hujumlar tashkil etilgani muxlislarga manzur bo'ldi. Hujumlar davomida futbolchilarimizda g'alabani taminlash imkoniyati ham yuzaga keldi. Bir gal Ahmad Mamadalievning jarima maydonchasiga yorib kirib bergan zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga Abduaziz Sultonov yaqin masofadan zarba bergan bo'lsada mo'ljalni olishda xatoga yo'l qo'ydi. Mehmonlardan esa Ulug'bek Abdullaev hisobni tenglashtirishga yaqin kelgandi. Uning yakuniy zarbasi ham noaniq bo'ldi.

“Navbahor” – “Lokomotiv” – 2:1 (2:0). 3 may. Namangan. “Markaziy” o'yingoh. 978 tomoshabin.
Hakamlar:
B.Yulcharaev - 7,8, I.Nosirov - 8,3, M.Nexochin - 8,2, M.Mamatxanov - 8.
Nazoratchi – I.SHaripov.
“Navbahor”: 12. Nodir Ashurmatov, 9. Ilhom Boydedaev, 14. Hojiakbar Yunusov (S), 16. Abduaziz Sultonov, 21. Bilol Toshmirzaev (51. Akbarali Xoldorov, 54), 26. Javohir Olimjonov, 27. Ravshan Xursanov (28. Muzaffar Abdullaev, 90+1), 33. Tohir SHamsitdinov (10. Ilhom Aliboev, 46), 35. Alisher Mirzaev, 88. Abdulaziz Nishanbaev, 99. Timur Tolipov (48. Ahmad Mamadaliev, 74).
“Lokomotiv”: 96. Rustam Nortojiev, 7. Bobir Tillaboev (28. Akbar Qo'chqorov, 56), 8. Jahongir Safarov, 17. SHohruh Mo'minqulov (10. Bek Abdullaev, 46), 18. Rustam Hamroev, 22. Ulug'bek Abdullaev (97. Azamat Adilov, 88), 24. Azizbek Amanov (11. Alisher SHeraliev, 46), 31. Otabek Muhamedov (36. Yusuf SHoimov, 46), 70. Bobir Ergashev (68. Vohid Yunusov, 72), 77. Dilshod Ergashev, 87. Farruh Ibrohimov (S).
Gollar: A.Sultanov (23), R.Xursanov (42) – A.Qo'chqorov (73).
Ogohlantirishlar: H.Yunusov (28), A.Mirzaev (52), A.Sultanov (62) - J.Safarov (33).

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика