So’nggi yangiliklar

01:02Футзал. Осиё чемпионати бошланди  0 00:58"Ювентус" Сенесини сотиб олмоқчи. Футболчига "Барселона" ва "Атлетико" ҳам даъвогар  0 00:34"Атлетико" Горетцканинг агентлари билан музокара ўтказмоқда  0 00:06Андре Онана собиқ жамоасига қайтиши мумкин  1 23:35Тэмми Абрахам расман АПЛга қайтди  5 23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  3 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  3 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9 18:58"Манчестер Юнайтед" футболчиси жароҳат сабаб 10 ҳафтани ўтказиб юборади  4

Yoshlar ligasi: “Nasaf”- “Olmaliq” 1:3 Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Nasaf”- “Olmaliq” 1:3

“Nasaf”ning yosh futbolchilari 17-turda ikkinchi davradagi ilk mag'lubiyatni qarshi olishdi.
O'tgan turda “Andijon”da g'alabaga erishgan Rahmatilla Muhammedrahimov shogirdlari uchun o'yin ahamiyatli edi. G'alaba ularni turnir jadvalining 5-pog'onasiga olib chiqardi. Ammo shu kuni bir qator etakchi futbolchilarsiz harakatlangan yoshlarimiz raqibga imkoniyatni boy berishdi.


Uchrashuvning 19-daqiqasida chap qanotdan havolatib “Nasaf” jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Ulug'bek Xudoyberdiev boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi – 0:1. Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar yana ikki bor muvaffaqiyat qozonishdi. Dastlab burchakdan uzatilgan to'pni Abdumalik Toshpo'latov o'tkir burchak ostidan turgan bo'lishiga qaramay uzoq burchakka aniq yo'naltirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay  jamoadoshlari hujumini Anvar Saparov muvaffaqiyatli yakunladi. O'yinning so'nggi daqiqalarida Yoshlar ligasi to'purari Dilshod Xushbakovning goli yosh “nasaf”chilarni yirik mag'lubiyatdan qutqarib qola oldi, xolos.
 
Yoshlar ligasi, 17-tur. 07.08.2015.
“Nasaf” – “Olmaliq” 1:3 (0:1)
Qarshi. “Mehnatchi” stadioni. 112 tomoshabin.
Hakamlar: Ishoq Ibragimov-8,0, Artyom Kalinin-7,8, Farhod Usmonov-7,8, Nayim Qosimov-8
Nazoratchi: Bulat Galeev.
“Nasaf”: 30. O'tkir Yusupov (12. Umidjon Ergashev, 65), 4. Samandar Ochilov (33. Botirjon To'raev, 67), 5. Rahimbek Javliev, 7. Sirojiddin Qo'ziev (27. Akbar Murodov, 72),  9. Dilshod Xushbakov, 10. Islom Rashidxonov (57. Oybek Hamidov, 83), 22. Islom Kenjaboev (29. Jahongir Qurbonboev, 82), 23. G'olib G'aybullaev, 24. Ilhomjon Alijonov, 28. Sardor Sadullaev (19. Navro'zjon Izzatillaev, 54), 38. Doniyorjon Narzullaev (47. Xudoberdi Holiqov, 67).
“Olmaliq”: 35. Nikita SHkvirin (30. Maksim Kruishev, 46), 3. Azamat Isroilov (5. Azizbek Suyunov, 81), 4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 6. Muhammad Isaev, 8. Diyor Usmonxo'jaev, 10. Abdumalik Toshpo'latov, 13. Diyorjon Turopov, 14. Doniyor Nabiev (18. Jasurbek Umarov, 74), 17. Abdulaziz Jo'raboev (11. Zohir Primov, 57), 19. Anvar Saparov, 20. Murod Axatov.
Gollar:Dilshod Xushbakov (89) -  Ulug'bek Xudoyberdiev (19), Abdumalik Toshpo'latov (63) Anvar Saparov ( 80).
Ogohlantirish: D.Narzullaev (44), I.Rashidxanov (80) - U. Xudoyberdiev (41).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика