So’nggi yangiliklar

20:25Равшан Ҳайдаров: "Бутун ўйин давомида устунликка эга бўлдик, тўпни назорат қилдик"  3 19:59A Bola: Лёвдан сўнг Бенту ҳам Ўзбекистонга "йўқ" деди  57 19:50Фарруҳ Сайфиев Туркманистон билан баҳсда дарвозабонга атайин жароҳат етказдими?  6 19:33Аббос Файзуллаев: "Туркияга мослашиш қийин бўлмади"  2 17:37Фермин ва Гави қизлар туфайли жанжаллашиб қолганми?  1 16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  15 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  6 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  1 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  1 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  11 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  6 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  2 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Yoshlar ligasi. "Mashal" - "Qizilqum" 1:2 Yangiliklar

Yoshlar ligasi. "Mashal" - "Qizilqum" 1:2

Bugun Muborakdagi Bahrom Vafoev nomli stadionning ikkinchi maydonida Oliy liganing 10-turi oldidan "Mashal" - "Qizilqum" yoshlari bahsi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan maydon egalari ketma-ket hujumlar tashkil etdi. SHoxruh Dostonov 7 daqiqada darvozaga juda yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi. 14 daqiqada Ixtiyor Toshpo'latovning zarbasini darvozabon bartaraf etdi. 31 daqiqa o'tib borayotgan bir vaqtda Sevdiyor Hamroqulov qarshi hujumdan unumli foydalandi va hisobni ochdi. Bo'limda darvozalar boshqa ishg'ol etilmadi.

Ikkinchi bo'limni ham mezbonlar hujumkor boshladi. Sirojiddin Rahmatullaevni jarimadan bergan zarbasini Toshpo'latov boshi bilan darvozaga yo'lladi biroq Makosin mahorat ko'rsatdi va to'pni darvozaga kirishdan saqlab qoldi. 70 daqiqada Tursunmurod Hamdamov raqibini birga-bir chiqib borishda ushlab qolganligi uchun maydondan chetlashtirildi. 85 daqiqada Abbos Omonovni jarimadan oshirib bergan zarbasini Iqbol Boboxonov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.  Qo'shib berilgan so'nggi daqiqada Bahodir Qosimov yana bir bor gol kiritib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va yoshlarimiz o'z maydonida mag'lub bo'ldi.

Yoshlar ligasi.
10-tur. Muborak. 22.05.2015
"Mashal" - "Qizilqum"  1:2
Gollar:
0:1 Sevdiyor Hamroqulov (31), 1:1 Iqboljon Boboxonov (85),  1:2 Bahodir Qosimov (90+4)
Hakamlar: Olim To'ychiboev (Toshkent), Zufar Eliboev, Kamoliddin Ismoilov, Ravshan Abduvohidov (barchasi Qarshi)
Nazoratchi: Gali Imomov (Toshkent)
Ogohlantirishlar: Maqsudjon Mahmudov (32), Sardor Po'latov (44),
CHetlashtirish:  Tursunmurod Hamdamov (70) ,

"Mashal": 35.Javohir Ilyosov (c), 16.Xolmurod Xolmurodov (45.Uyg'un Bobonazarov  46), 27.Sirojiddin Rahmatullaev, 32.Tursunmurod Hamdamov, 39.Maqsudjon Mahmudov (49.Durbek Kamolov  43), 40.Sirojiddin Hamroev (29.Sardor Abduraimov  65), 43.Iqboljon Boboxonov, 44.Sirojiddin Allaev, 46.Ixtiyor Toshpo'latov (28.Maradona Safarov  70), 47.Abbos Omonov (36.Jasur Abdurahmonov  85), 48.SHohruh Dostonov.
Zaxira: 1.Sanjar Quvvatov, 4.Yunus Ochildiev.

"Qizilqum": 22.Artyom Makosin (c), 4.Viktor Grigoriev, 8.Sevdiyor Hamroqulov, 11.Maruf Tillaev, 17.Jamshid SHoxnazarov, 18.Bobur Jo'raqulov, 21.Boburjon O'roqov, 29.Jamxurbek Abdujalilov, 30.Ruslan Sanaev, 44.Husniddin Fazliddinov, 77.Nodirjon SHahobiddinov.
Zaxira: 50.SHahzod Asadov, 9.Bahodir Qosimov, 15.Sardor Po'latov, 19.Farhod Ashurov, 20.Feruz Norov, 23.SHuhratjon Rajabov, 25.Nuriddin Rahmatullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика