So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  3 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  7 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  12 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  9

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “So'g'diyona” 1:1 Yangiliklar

Yoshlar ligasi: “Bunyodkor” – “So'g'diyona” 1:1

Yoshlar ligasining amaldagi g'olibi “Bunyodkor” 2017 yilgi mavsumni kutilmagan durang bilan boshladi.

Jizzaxning “So'g'diyona” yoshlarini qabul qilgan Hikmat Ergashev shogirdlari uchrashuvni yaxshi boshlashdi. Raqib darvozasi oldida qator xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq yosh “qaldirg'ochlar” o'yindagi ustunlikni birinchi bo'lim mobaynida hisobda aks ettira olishmadi.

Tanaffusda “Bunyodkor” murabbiylari birdaniga etti o'zgarish qilishdi. Zaxiradan maydonga tushgan yangi kuchlar ham xuddi birinchi bo'limdagi kabi hujumkor o'yinni davom ettirishdi. 54-daqiqada Suhrob Izzatov o'zining indvidual mahorati evaziga raqib darvozasini ishg'ol qildi – 1:0. Oradan ko'p o'tmay bunyodkorchilar hisobni oshirishlari mumkin edi. Biroq 68-daqiqada Nodirbek Mavlonov belgilangan penaltini noaniq bajardi. Futboldagi “Sen urmasang senga urishadi” yovuz qoidasi 84-daqiqada “So'g'diyona” vakillari tomonidan yana bir karra isbotlandi. Himoyadagi pala-partishlikdan Ibrohim Qodirov unumli foydalanib, yakuniy natija 1:1 bo'lishini taminladi.

Yoshlar ligasi-2017, 1-tur
“Bunyodkor” – “So'g'diyona” 1:1 (0:0)
Gollar:
Suhrob Izzatov 54 (1:0), Ibrohim Qodirov 84 (1:1)
Ogohlantirishlar: Dadajon Mamatkulov 43, Asljon Orifov 59, SHoxruhjon Eshbo'taev 68
Amalga oshirilmagan penalti: Nodirbek Mavlonov 68 (noaniq)
“Bunyodkor”: Dilshod Hamroev, Mirjamol Qosimov, Farruh Ikromov, Nodirxon Kamolov, Javlon Mirabdullaev, Sardorbek Azimov, Davronbek Umirov, Abubakir Mo'ydinov, Burxon Usmonov, Ibrohim G'ofurov, Mirjahon Mirahmadov
Zaxira: Eldor Adhamov, Sardor Madrahimov, Suhrob Izzatov, Nodirbek Mavlonov, Javohir Musajonov, Otabek Bekboev, Azamat Roziqov
“So'g'diyona”: Sarvar Karimov, Sahob Rashidov, Suhrob Qobilov, Izzatila Abdullaev, Ulug'bek Xudoyberdiev, SHahboz Jo'rabekov, Jasurbek O'rinov, Asiljon Orifov, SHoxrux Dostonov, Dadajon Mamatqulov, G'ulom O'runov
Zaxira: SHoxruhjon Eshbo'taev, Jamshid Begmatov, SHoxruh Anorboev, Azizbek Mirzaev, Jamshid SHerqulov, Omonbiik Halilov, Ibrohim Qodirov
Hakamlar: Rustam Lutfulin (Toshkent) – 8,2; Abdurashid Xudoyberganov – 8,3; Farruh Yansupov – 8,0; Aleksandr Lupashko – 9,0
Nazoratchi: SHamil Jumaev (SHahrisabz)
3 mart, 2017 yil. Toshkent. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 31 tomoshabin

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика