Yoshlar ligasi. Bugun "Bunyodkor" chempion bo'lishi mumkin
21 okt 2016 14:27
Yangiliklar
Yoshlar ligasi. Bugun "Bunyodkor" chempion bo'lishi mumkin
Toshkentning "Bunyodkor" klubi muddatdan avval chempionlikni rasmiylashtirishlari mumkin.
Buning uchun Hikmat Ergashev boshchiligidagi yosh "qaldirg'ochlar" safarda "Qizilqum"ni mag'lub etishsa kifoya. Ayni paytda "Bunyodkor" 58 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi o'rindagi jamoalar hisobida 44tadan ochko bor. Peshqadam g'olib bo'lsa keyingi 4ta turda qolgan jamoalar unga eta olishmaydi.
Ushbu tur juftliklari:
Yoshlar ligasi
21 oktyabr (juma)
15.00 - Paxtakor - So'g'diyona
15.00 - Qo'qon-1912 - Neftchi
15.00 - Buxoro - Lokomotiv
16.00 - Nasaf - Navbahor
15.30 - Qizilqum - Bunyodkor
15.00 - Andijon - Metallurg
15.30 - Olmaliq - SHo'rtan
23 oktyabr (yakshanba)
15.00 - Obod - Mashal
Yoshlar ligasi. Musobaqa jadvali
Fikrlar