So’nggi yangiliklar

11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  0 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   2 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  12 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  23 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0

Yoshi 3 yilga "urilgan" Bunyodkor" sobiq futbolchisining hujjatlari to'g'rilandi Yangiliklar

Yoshi 3 yilga "urilgan" Bunyodkor" sobiq futbolchisining hujjatlari to'g'rilandi

2002 yilda tug'ilgan qo'shrabotlik futbolchi musobaqalarda 2005 yil deya ko'rsatilgan.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 5887-son Farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan muammolardan biri sifatida musobaqalarda qatnashuvchi sportchining biologik yoshini suniy kichraytirish holatlarining mavjudligi ham qayd etilgan.

Liga muntazam ravishda Adliya organlari bilan hamkorlikda futbolchilar yoshi kichraytirilishi bilan bog'liq holatlarni aniqlab kelmoqda. Ilk mehnat shartnomasi 2023 yil Liga ro'yxatidan o'tkazilgan uch nafar futbolchida yoshni kichraytirish bilan bog'liq holat aniqlangani haqida yil avvalida xabar berilgandi. Keyinroq ikki holat bo'yicha ish yakunlanib, yosh futbolchilarning haqiqiy tug'ilgan yili bo'yicha hujjatlari rasmiylashtirilgandi. 

Yana bir nafar futbolchi esa tegishli futbol klubi bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgandi. Mazkur kamchilikni u tomonidan ixtiyoriy ravishda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bartaraf etilmagani tufayli, Liga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yuborgandi. O'rganishlar hujjatlar haqiqatdan ham yoshni kichraytirish bilan bog'liq qalbaki malumotlardan iborat ekanligini ko'rsatdi. Malumotga asosan surishtiruv ishlari o'tkazildi hamda futbolchining yoshini kichraytirish bilan bog'liq hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi.  

SHu tariqa Liga va Ichki ishlar organlari hamkorligida Qo'shrabot tumani IIBM va FRB tomonidan futbolchi nomiga rasmiylashtirilgan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma, ID karta va xorijga chiqish biometrik passporti amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinib, uning nomiga haqiqiy tug'ilgan yili bo'yicha hujjatlar rasmiylashtirib berildi. Yana ham aniqrog'i, 2002 yilda tug'ilgan futbolchining musobaqalarda 2005 yil bo'lib ishtirok etishi oldi olindi", -deyiladi O'zPFL bayonotida.


O'zPFL joriy yilning 6 mart sanasida ushbu holat bo'yicha bundan oldingi bayonotni bergandi. O'sha xabarda yoshi kichraytirilgan futbolchi "Bunyodkor" klubining U-19 jamoasida ro'yxatdan o'tgani malum qilingandi:

"O'rganishlar natijasida 3 nafar futbolchining hujjatlarida tug'ilgan yili yuzasidan tafovut borligi aniqlangandi. Mazkur futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazgan Superliganing ikki klubi hamda futbolchilarning o'zi bu haqda rasman ogohlantirildi. Liga futbolchilarga muddat taqdim etib, barcha masala qonun doirasida hal etilishi lozimligini tushuntirdi.

Mazkur 3 futbolchidan 2 nafari o'z aybiga iqror bo'lib, masalani qonun doirasida hal etdi. "Bunyodkor" klubining U-19 jamoasi safida ro'yxatdan o'tgan futbolchi esa Liga tomonidan berilgan muddat ichida ishni hal qilmadi. Ayni vaqtda futbolchi Bunyodkor bilan birga emas. SHunga qaramay, uning boshqa klub safida ehtimoliy ro'yxatdan o'tishi inobatga olinib, Liga Samarqand viloyati prokuraturasiga rasmiy murojaat yo'lladi"

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика