So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Yosh "temiryo'lchilar" A.Ivankov xotira turnirida ikkinchi bo'lishdi Yangiliklar

Yosh "temiryo'lchilar" A.Ivankov xotira turnirida ikkinchi bo'lishdi

Toshkent, 25 mart - Yakshanba kuni start olgan marhum darvozabon Aleksandr Ivankov xotira turniri bugun o'z nihoyasiga etdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan "Lokomotiv" futbol maktabining 2004-2005 yillarda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari sovrinli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Xotira turnirining hal qiluvchi final bahsida yosh "temiryo'lchilar" "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi bahs olib borib, 0:1 hisobida mag'lub bo'lishdi. Umuman olganda, final o'yini juda qiziqarli kechdi. O'yindagi yagona gol birinchi taym oxirlarida kiritildi. SHundan so'ng ham "Lokomotiv" futbolchilarida hisobni tenglashrish uchun imkoniyat bo'ldi, biroq omad kelmadi.

SHunga qaramay, Otabek Mansurov shogirdlari turnir davomida yaxshi o'yin namoyish etishdi deya olamiz. Yosh futbolchilarimiz avvaliga "Spartak"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lishsa, keyingi uchrashuvda "CHilonzor"ni 3:1 hisobida engishdi. Undan keyin esa ROZK bilan 0:0 o'ynaldi. Va final uchrashuvida kichik hisobda yutqazib qo'ydik.

Xotira turnirining yopilish marosimida futbol faxriysi, o'z vaqtida Aleksandr Ivankov bilan birga to'p surgan Ravshan Yunusov, Toshkent shahar futbol federaciyasi rahbari Mamur Yusupov, "Lokomotiv" futbol klubi sport direktori Qobil Yunusov hamda Aleksandr Ivankovning o'g'li Denis Ivankov ishtirok etishdi.

Final bahsi yakuniga etgach, odatdagidek g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. "Lokomotiv" tarbiyalanuvchilaridan Uchqunov Siddiq "Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni" deb topilgan bo'lsa, Asamov Saidkomil "Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi" deb topildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика