So’nggi yangiliklar

12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  2 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  10 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  1 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  4 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  16 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  9 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2

Yosh hakamlar sinovdan o'tishdi Yangiliklar

Yosh hakamlar sinovdan o'tishdi

Kecha poytaxtimizda so'nggi yillarda hakamlik maktabida tahsil olib, o'z hududlarida faoliyat olib borayotgan yosh hakamlar sinovdan o'tkazildi.
“Yoshlik” sport majmuasi hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida olib borilgan imtihonda 38 nafar hakam ishtirok etdi. Sinovga chaqirilganlar 63 kishini tashkil etgandi. Turli sabablarga ko'ra 25 nafar hakam imtihonga tashrif buyurmadi.



Hakamlar dastlab ikki guruhga bo'lingan holda tezkorlik bobida sinovdan o'tishdi. Har bir ishtirokchi 40 metr masofani 6,2 soniyada 6 marta bosib o'tishi lozim edi. Bundan barcha ijobiy baho oldi. Biroz tanaffusdan so'ng FIFA-testiga navbat keldi. Endi hakamlar 150 metr masofani 30 soniyada yugurib o'tishi, 50 metr masofani 45 soniyada yurib o'tkazishi va xuddi shu tartibda stadionni 12 marta aylanib o'tishi kerak edi. Masofaning umumiy uzunligi 4800 metrni tashkil etgan bu sinovdan 7 kishi o'ta olmadi. 20-25 yosh oralig'ida bo'lgan yosh hakamlarni mazkur testdan o'tish jarayonida jismonan tayyor emasligi afsuslanarli holat. Negaki bazi hakamlar 3 aylanadan so'ng yugurish yo'lakchasidan chiqib ketishga majbur bo'ldi.



Jismoniy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tgan 31 nafar hakam O'zDJTIda yozma imtihonga taklif etildi.

Kunning ikkinchi yarmida o'tgan bu sinovda ishtirok etib shunga amin bo'ldimki, hakamlik kasbini egallashni maqsad qilgan yoshlarda bu kasbga nisbatan mehr va etibor u qadar kuchli emas. Yozma imtihon shartlari judayam oddiy ko'rinishda bo'ldi. Har bir ishtirokchiga 9tadan savol tarqatiladi. SHu savollardan eng kamida 7tasiga to'g'ri javob yozgan hakam 2015 yilgi mavsum uchun o'tkaziladigan hakamlar sinoviga taklif etiladi. 9ta savolga javob yozish uchun ishtirokchilarga 45 daqiqa vaqt berildi.



Dastlabki guruhda 16 nafar hakam, ikkinchi guruhda esa 15 nafar hakam savollarga javob yo'llashdi. Imtihon komissiyasi sinov boshlanishidan oldin har bir ishtirokchini telefonini o'chirib nazoratchi oldidagi stolga qo'yishi talab etildi. Birinchi guruh sinovi yakunlangach auditoriyaga ikkinchi guruh tashrif buyurdi. “Guruch kurmaksiz bo'lmaydi” deganlaridek, bu guruhda shpargalkadan foylanayotgan ishtirokchi chiqib qoldi. O'z yoniga qo'shimcha telefon olib kirgan jizzaxlik hakam telefon xotirasida saqlangan javoblardan foydalanishga uringani uchun imtihondan chiqarib yuborildi.

Imtihon yakunida barcha ishtirokchilarni javoblari tekshiruvdan o'tkazildi va baholar elon qilindi. Yozma imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlar 18 nafarni tashkil etdi. Bu hakamlar fevral oyida 2015 yilgi mavsum uchun o'tkaziladigan imtihonlarga taklif etiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика