So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  4 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Yorqin Nazarov: "Oxirgi 15 daqiqada durang uchun 3 barobar mukofot puli vada qilindi" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Oxirgi 15 daqiqada durang uchun 3 barobar mukofot puli vada qilindi"

Coca-Cola Superliganing qoldirilgan 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Bugungi o'yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi bo'limda "Paxtakor"dan bir oz cho'chidik, baribir bu jamoa amaldagi chempion. Lekin yigitlar ikkinchi bo'limda o'z o'yinlarini topib olishdi. Negadir jamoamizga omad etishmayapti. 

- Jamoada o'yindan-o'yinga o'sish kuzatilayotgandek. Keyingi davrada boshqacha "Andijon"ni ko'rishimiz mumkinmi?
- Superligada yuzaga kelgan tanaffus jamoamizga yaxshi foyda berdi. Biz bu vaqt davomida jismonan tayyorgarlikni kuchaytirdik. To'g'ri aytayapsiz, jamoa o'yindan-o'yinga kuchaymoqda. Tarkibdagi futbolchilar ham o'z joylarini, o'rnilarini topib olishmoqda. Bizga g'alaba kerak, lekin muxlislarga yaxshi o'ynadik, vaziyatlar yaratdik degan bilan foyda yo'q. G'alaba va natija kerak. Maqsadimiz jamoani Superligada saqlab qolish. Bizga bitta g'alaba etishmayapti, bitta yutuqdan keyin jamoa ochilib ketadi.

- Birinchi bo'limda futbolchilarda to'p uzatishlarda xatoga yo'l qo'yishdi. Bu bosim tufayli yuzaga kelgan xolatmi?
- To'g'ri aytayapsiz, bu bosimdan ham yuzaga keladigan xolat. Yigitlarga mashg'ulotlar jarayonida 15-20 minut davomida bosimlarga tayyor bo'lishlari yuzasidan tushunchalar berayapmiz. Bu kerakli jihatlardan biri. Texnika ham kerak, zo'r uzatmani ham to'xtatolmay qolsa tabiiy xolda o'yin chiqmaydi. Bu kabi jihatlar ustida ishlayapmiz. 80 foiz yigitlarimiz bu yil Superligada debyut qilishdi, ularga ozroq vaqt kerak.

Jasur Jaloliddinovda "Nasaf" bilan o'yin oldidan jarohat bor edi. Uni so'roq ostida maydonga tushirgandik. 15-20 daqiqa davomida o'yinga qo'ydik, chunki jarohati kuchayib ketishi xavfi bor edi.

- Jamoani o'yinlariga tarkib tanlashda rahbariyat aralashuvi bo'ladimi?
- Yo'q, baraka topishsin, klub rahbariyati bu borada murabbiylar ishiga aralashiayotgani yo'q. Mashg'ulotlarda ko'rib, jismonan kuchli, o'yinga tayyor futbolchilarni o'zim tanlayapman.

- Hakamlar bugun ko'p hushtak chalishgandek ko'rindi. Farrux Sayfiev bilan bog'liq vaziyat bo'yicha sizda fikr qanday?
- U vaziyatda menga to'p qo'lga tekkandek ko'rindi. "Nasaf" bilan o'yinda ham shunaqa vaziyat bo'lganida hakam to'p dastlab oyoqqa, keyin qo'lga tegdi deb izoh bergandi. Bugun menga to'p to'g'ridan-to'g'ri qo'lga tekkandek ko'rindi. Hakam hal qiladi, ularni ishini baholaydigan qo'mita bor. Bu hakam Superligada debyut qilayotgan ekan, ushbu hakamga bugungi o'yin uchun etirozim yo'q.

Bugungi o'yinga g'alaba va durang uchun mukofot pullari vada qilingandi. CHunki raqib "Paxtakor" edi. To'g'risini aytsam, oxirgi 15 minutda durang uchun 3 barobar mukofot puli vada qilindi.

- "Paxtakor" bilan bugun jamoangiz borini berib o'ynagandek ko'rindi...
- To'g'ri, "Paxtakor" Osiyoning nomdor jamoalaridan biri. Bu kabi jamoalarga ishtiyoq shunaqa darajada bo'ladi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика