So’nggi yangiliklar

22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  0 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  55 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6

Yorqin Nazarov: "Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bugun g'alabani kutmagan edim" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bugun g'alabani kutmagan edim"

Teglar :  "Turon" Surxon
"Buxoro" hamda "Turon" o'rtasidagi Superliganing 14-tur uchrashuvidan (2:3) so'ng mehmonlar ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Turon”ning mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdik. Hisob 2:0 bo'lgach, g'alabaga erishdik deb xotirjamlikka berildik. Bakaev bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirib, futbol 90 daqiqa o'ynalishini ko'rsatib qo'ydi. So'nggi daqiqada omadimiz kelib, g'alaba qozondik.

Jangovar bahs guvohi bo'ldik. Qizil kartochkadan so'ng mezbonlar biroz qiynalishdi. Yigitlar ko'rsatmalarni deyarli to'liq bajarishdi. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz va har bir bellashuvda bizga 3 ochko zarur. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bugun g'alabani kutmagan edim. Boisi, jamoa yangidan tashkil etildi va yigitlar ham hali yosh.

Penalti bo'lgan vaziyatda men uzoqda edim. Hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladimi, demak kontakt bo'lgan.

Jumanqo'ziev jamoamiz safiga so'nggilardan bo'lib qo'shildi. “Rubin” bilan kechgan uchrashuvlarda uni maydonga tushirdik. Bugun ham yaxshi harakat qildi. Tez, chaqqon futbolchi. Uning ustun jixatlaridan to'g'ri foydalanishga harakat qilamiz”, – dedi Nazarov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика