So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  28 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  8 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  59 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

Yorqin Nazarov: "Ikkita "detskiy" xatolar tufayli yutqazib qo'ydik" Yangiliklar

Yorqin Nazarov: "Ikkita "detskiy" xatolar tufayli yutqazib qo'ydik"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Yorqin Nazarov o'z fikrlarini bildirdi.





 "Fikrimcha, bugun yaxshi va chiroyli o'yin bo'ldi. Muxlislar zerikib qolishmadi, deb o'ylamayman. Yigitlar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi.  Penalti 50/50 vaziyat hisoblanadi. Lotoreyada omadimiz kelmadi. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda to'rt kun vaqt bor edi. Mana shu fursat ichida tushuntirganlarimni ko'rsatib berishga harakat qilishdi. Agar shu yo'sinda ketsak hammasi yaxshi bo'ladi. G'alabalar va yaxshi o'yinlar hali oldinda.

- Darvozabon va himoyachilarning yosh bolalarcha xatolarini qanday qilib yaxshi o'yin deyish mumkin?
- To'g'ri. Birinchi gol ham, ikkinchi gol ham darvozabonimizni xatosi bo'ldi. Men o'yin suratini nazarda tutib aytdim. Xato hammada bo'ladi. Evropada ham futbolchilar avtogol urishadi. Bu insoniy xato. Hujumchi 20 marta xato qiladi, yarim himoyachi 50tacha xato qiladi, darvozabon bitta xato qiladi va uni hamma ko'radi. Bu bilan ko'rsatmalarimni noto'g'ri bajarishdi deb bo'lmaydi.

- Jamoa Otabek G'ulomxo'jaev o'yin uslubi bo'yicha o'ynashda davom etadimi?
- Yo'q, menimcha muxlislar ham buni ko'rdi. O'yin uslubimiz o'zgardi. Menga vaqt berish kerak emas, bugunni o'zida jamoamdan g'alaba talab qildim. Yuqoridagi savolda bo'lgani kabi ikkita "detsiy" xato tufayli yutqazib qo'ydik.

- Martin Boake bugun gol urdi va penalti ishladi. O'tgan o'yinda boshqacha Boake edi, uni qanday o'zgartirdingiz?
- 4 kun davomida oldingi 5ta o'yinni analiz qilib chiqdik. Boakening kuchli tomonlarini o'rganib chiqdik va mashg'ulotlarda shuning ustida ishladik. SHu bois menimcha kuchli tomonlarini ko'rsata oldi deb o'ylayman. Fikrimcha Boake yana gollar uradi.

- Jamoa 70-daqiqadan keyin shiddatkor o'ynadi. SHunday o'ynash uchun nima qilish kerak?
- Sababi biz yutqazayotgandik, so'nggi 20 daqiqada futbolchilar bor kuchi bilan o'ynadi. Bu istalgan jamoada bo'ladi, natija uchun kurashiladi. Birinchi o'yinda himoyani ham o'yladik, darhol hujumkor o'yin namoyish etsak himoyada nima bo'lishini bilmasdik.

- Qilichevga keyingi o'yinlarda ham imkoniyat berasizmi?
- Albatta, aytganimdek to'g'ri xato qildi. Ammo bugungi mag'lubiyatga faqat u aybdor emas. U ikki yil davomida jarohat tufayli maydonga tusha olmayapti. Bu mavsum bungacha bittagina o'yinda maydonga tushgandi. Hozir avtobusda siqilib o'tiribdi, uni qo'llab quvvatlashimiz kerak. Agar keyingi o'yinda zaxirada qolsa bugungi xatosi uchun bo'lmaydi.

- Otaxonov va Ismonaliev nima uchun maydonga tushmayapti?
- Ibrohim Otaxonov himoyada barchadan yaxshi o'ynashi mumkin, ammo bizning taktikamizga ko'ra qanot himoyachilari ko'p yugurishlari kerak bo'lardi. SHu bois yoshroq futbolchini tushirdik. Ismonalievga esa keyingi o'yinlarda hali imkoniyat beramiz, u jamoamizning asosiy tarkib o'yinchisi. Mashg'ulotlarda bizning talabimizni bajaraversa uni maydonda ko'rasizlar.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика