So’nggi yangiliklar

08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  2 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  2 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  3 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8

"Yopiq terma jamoa"ning ochiq kirdirkorlari yoxud Babayan bu bilan nimaga erishmoqchi? Yangiliklar

"Yopiq terma jamoa"ning ochiq kirdirkorlari yoxud Babayan bu bilan nimaga erishmoqchi?

Yig'ilganiga endi uch kun bo'lgan O'zbekiston milliy terma jamoasi shu uch kun ichida muxlislarni yana hayratlantirishni boshladi.

Oldimizda ikkita muhim uchrashuv borligi Qatar o'z maydonida Janubiy Koreyani yutganidan beri bot-bot aytib kelinmoqda. Muhimligini hamma bilib bo'ldi: ikkita o'yin (Xitoy va Janubiy Koreya)ni yut va jahon chempionatiga chiq. Terma jamoa ruli Samvel Babayan qo'lida bo'lgani bilan maydonda futbolchilar o'ynaydi. Terma jamoaga ming kuchli mutaxassis bosh murabbiylik qilmasin, maydonga o'zimizning qora ko'zlar tushadi. 

Va aytish mumkinki, Babayanning hozir chiqarayotgan har bir qarori avvalo futbolchilarga tasir qiladi. CHunki ular zamonaviy axborotdan xabardor, ular internetga turli ijtimoiy tarmoqlarga kirishadi va demokratiya asrida hech kim ularni internetdan foydalanishni cheklab qo'ya olmaydi. Biz Babayanning hozirgi siyosatiga ikki xil qarashimiz mumkin, salbiy va ijobiy. Quyida ikki sababni ham keltirib o'tamiz va xulosa chiqarishni muxlislar hukmiga havola qilamiz. 

Ijobiy tomonlar

Qirg'iziston bilan o'rtoqlik uchrashuvining yopiq o'tkazilishi, o'yin hech qaerda translyaciya qilinmasligi terma jamoamiz foydasiga ishlashi mumkin. Birinchidan, biz shu o'yin orqali avvalo Xitoy bilan kechadigan bahsga tayyorgarlik ko'ramiz. Agar o'yin TVda namoyish etilsa, raqiblarda o'yinni yozib olish, O'zbekiston terma jamoasining tarkibi va taktikasini o'rganib chiqish imkoniyati yuzaga keladi. CHunki rasmiy bahslarga qadar faqat biz o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz, Xitoy yoki Janubiy Koreya emas. Masalaning shu tomonini hisobga olib Babayan o'yinni yopiq o'tkazishga qaror qilgan bo'lishi mumkin. 

Endi kechagi mashg'ulot "Paxtakor" stadionida bo'ladi deb birdaniga TTYMIga ko'chirish, qolaversa mashg'ulotni belgilangan vaqtdan bir soat oldin boshlash ham murabbiyning qarori. Babayanning maqsadi nima? Maqsad shuki, terma jamoani imkon qadar OAV va muxlislar etiboridan chetda tutgan holda bor etiborni bo'lajak ikki o'yinga qaratish. Agar uning shu ishi o'zini oqlab biz ikkita o'yinda ijobiy natijaga erishsak va jahon chempionatiga chiqsak, demak murabbiy to'g'ri qilgan bo'lib chiqadi. 

Salbiy jihatlar 

Birinchi salbiy tomoni shundaki, aynan Samvel Babayanni deb OAV O'zbekiston terma jamoasi haqida etarlicha axborot olish imkoniyatiga ega bo'lmayapti. Avvalo mashg'ulotni u yoqdan bu yoqqa ko'chirish, hech kimga malum qilmaslik Samvel Babayan jamoasi OAV va muxlislar uchun yopiqligini anglatadi. Qirg'iziston bilan o'yinni ham yopiq holda o'tkazish bu fikrimizni yana bir karra tasdiqlaydi. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor bo'ladi deganlaridek, bu bilan hech nimaga erisha olmasligimiz mumkin. 

Natijada odamlarda xavotir ortgan sari ortaveradi. Ko'pchilikda Babayan bu bilan nimaga erishmoqchi degan savol paydo bo'ladi. Muxlislar yana junbushga keladi, ular ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar qoldirishadi. Bu esa birinchi navbatda futbolchilarga tasir qiladi. Biz Xitoy va Janubiy Koreyaning biz biladigan o'yinlarga qaysi shartlar asosida tayyorgarlik ko'rayotganidan bexabarmiz, balki ular ham yopiq holda yo'l tutayotgan bo'lishi mumkin. Lekin bunaqasi bizda birinchi marta bo'lishi, shu bois ko'pchilikda tushunmovchilik yuzaga kelyapti. 

Babayan nimani xohlayapti? 

SHuni o'rinda Samvel Babayan nima xohlayapti degan savolga yuzaga kelishi tabiiy. Babayan futbolchilarni iloji boricha OAV va muxlislardan uzoq tutgan holda etiborni faqat rasmiy o'yinlarga qaratishlarini xohlayapti. Va bosh murabbiy sifatida uning bunga haqqi bor, chunki natijaga u javob beradi. 

Babayanning maqsadi iloji boricha terma jamoaning o'yin va mashg'ulotlarini hech qaerda yoritmaslik, yani bizning bu o'rinda shunchaki tomoshabin bo'lib turganimiz unga maqul. Yopiq holda tayyorgarlik ko'rib bo'lsayam shu ikkita o'yinni o'tkazib olaylik demoqchi bu bilan. Babayan Qirg'iziston bilan bahsni ko'radigan odamlar o'yinni internetda tahlil qilishlarini xohlamayapti. Bu futbolchilarga salbiy tasir o'tkazadi deb o'ylayapti. Balki shunday bo'lishi mumkin. 

Babayanni hozirgi holatda juda yaxshi tushunib turibmiz. Unda bosim yuqori, futbolchilarda ham bosim katta. Va mana shu bosimdan ozgina bo'lsayam xalos qilish uchun terma jamoani odamlar ko'zidan panaroq joyda tayyorlagani maquldek. Biz shungayam rozimiz. Mayli, mashg'ulotlar yopiq bo'lsin, o'rtoqlik uchrashuvi translyaciya qilinmasin, stadionga hech kim qo'yilmasin, biz bormaylik ham, ko'rmaylik ham shu o'yinni. Lekin buning evaziga Xitoy bilan Koreyani yutib bersa bo'ldi. Bizga mana shu kerak, bizga jahon chempionati kerak. Marraga juda yaqin qolgan bir paytda og'zimizdagi oshni oldirib qo'yishni umuman xohlamaymiz. Babayan nimani to'g'ri deb bilsa, shuni qilaversin, faqat ikkita o'yinni yutsa olam guliston. 

X.Xoliqov. 


Reyting: -108   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика