So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Yopiq eshiklar bilan Lippini chalg'ita olamizmi va "koment" haqida... Yangiliklar

Yopiq eshiklar bilan Lippini chalg'ita olamizmi va "koment" haqida...

"Koment" tasir qilayaptimi, telefon ishlatmang, kirmang internetga!

Yaqinda saytimizga tashrif buyurgan Timur Kapadze, saytdagi fikrlar futbolchilarni ruhiyatiga tasir o'tkazishini aytib o'tgan edi.

Men ham juda ko'p ko'raman, futbol jamoatchiligini juda ko'p qismi saytning fikrlar bo'limini o'qiydi, maqola ularga qiziq emas, fikrlarga ko'proq munosabat bildiradilar. Huddiki fikrlarni biz yozgandek, bizga dushman ko'zi bilan qaraydigan murabbiy va futbolchilar ham etarlicha topiladi. O'sha fikr qoldiruvchilarga jahl qilib gol urgach qo'lini bigiz qiladigan "maestro"larimiz bor. Kerak bo'lsa O'FF rahbariga, mag'lubiyatga saytdagi fikrlar aybdor deb chiqqan kishilar bor. 

SHunday "tip"dagi futbol ichidagilarga taklifim, kirmang, o'qimang o'sha fikrlarni, agarda u Sizning o'yiningiza tasir qilayotgan bo'lsa, o'yiningiz yoki taktikangiz birgina fikr bilan o'zgarib ketayotgan bo'lsa, yaxshisi boshqa ish qiling!

Xayrulla Xoliqov mendan avval o'z maqolasida yopiq eshiklarni foyda va zararlarini yozib o'tdi. Men shu narsaga ishonaman-ki, Lippi saviyasidagi murabbiy O'zbekiston - Xitoy uchrashuvining 10-daqiqasidayoq, 2 yildan beri bir qolipga tushib qolgan terma jamoamiz o'yinini "o'qib", 11-daqiqadan yangi taktikaga o'tib keta oladi. Qolaversa, uning qo'l ostidagi Li Vu degan shunday hujumchisi bor-ki, u O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar asosiy himoyachisi, Anzur Ismoilov va Egor Krimecni allaqachon tanib olgan. Bugun "SHanxay IST"da Xalkdan ham muhim bo'lib turgan bu hujumchiga qanday qarshilik qilish borasida ko'proq bosh qotirganimiz va MTJga qarshi bo'lib qolgan muxlis-u, mutaxassislarni yaxshi gap bilan o'z tomonimizga og'dirib, ularning duolarini olishimiz o'rniga, kundan-kunga MTJni muxlisdan uzoqlashtirayapmiz!

Futbol kim uchun? Mag'lub bo'ladigan o'yinlar ochiq, hech bo'lmasa o'rtamiyonalarga qarshi g'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan o'yinlar yopiq bo'ladimi? Aynan shu o'yinlar orqali Xitoy va Janubiy Koreya oldidan muxlislar ishonchini qozonib, har bir futbolchi o'yindan keyin tribunadagi muxlislarga borib, "Bizga ishoning, bizni duo qiling, faqat Sizning ishonchingiz va duoingiz ila JCHga chiqamiz", deb tasirli so'zlarni aytsin. Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etib, o'zining oratorligini namoyish qilib, xallqa ishonch bersin. OAVlarda tinmay qo'llab-quvvatlash bo'lsin, mashg'ulotni u erda deb, bir soat avval boshqa erga ko'chirmay. Bu erda men matbuot xizmatini ayblamayman, unga aytishdi, u bajardi. Yopiq mashg'ulotlar bilan JCHga chiqa olganimizda, Eron va Suriyaga mag'lubiyatga uchramasdik. Yopiq mashg'ulot ish berganida, KXDR doimiy JCHda ishtirok etardi. Undan ko'ra TVga chiqib barchaga umid berishsin, terma jamoa o'z kuchiga ishonayaptimi, unda bemalol qo'rqmasdan xalq ichiga kirsin! Agar chiqish imkoniyatini sust baholatyogan bo'lsa, buni ham ochiq aytishga qo'rqmaslik kerak, muammoni birgalikda hal qilaylik-ki, keyingi avlod JCHga chiqsin.

"Kichkina tabib"da aytganidek, bizning farishtalarimiz uchib ketgan. Negadir muhim pallada kimdir o'z klubida zaxiraga mixlanadi, yana kimdir jarohat oladi, aksiga olib raqiblarimiz so'nggi pallada g'alaba qozonib, formaga kirib oladi. Bu farishtalarni qaytarish uchun xalqning ishonchini qozonish kerak. 

Aslida O'FF bayonitidagidek o'yinlar yopiq o'tsin degan xat mavjud emas. Xat bor, ammo u erda o'yin "A" kategoriyada ro'yxatdan o'tmasligi, chunki ikki terma jamoa 6 nafardan ko'proq futbolchilarni almashtirishni so'raganliklari. Bu holda o'yinlar nazorat uchrashuvi maqomida, FIFAdan ro'yxatdan o'tmaydi. Faqat FIFA bir narsani yaniy, 1593-raqamli cirkulyarda, ikki federaciya OAV va muxlislarni keyinchalik o'yin natijasi FIFA reytingida nima uchun aks etmaganligi kabi savollar uyg'onmasligi uchun, ularga tushuntirish ishlarini olib borishlarini talab qiladi. SHu xolos. O'yinga bemalol chipta ham chiqarsa bo'ladi, uni bepul tarzda o'tkazsa ham. OAVda ham yoritishga hech qanday to'siq yo'q. 


Huddi shu ishni Qirg'iziston tomonidan Toshkentga tashrif buyurgan OAV amalga oshirayapti. Agar o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan uchrashuv suratlari yoki malumotlarini qo'shni Respublika saytidan oladigan bo'lsak, rosmana uyat bo'ladi. Agar faqat federaciya vakillariga ruxsat berilsa, u ham bari-bir saytlarga berilsa, bu ham adolatsizlik, chunki OAVda chiqishi mumkin ekanki, O'FFni o'zi ham bergan bo'ladi. Denisov shularni bilsa edi...

Qolaversa, Aleksandr Krestinin o'yinga oid fiklari bilan allaqachon o'rtoqlashishni boshlab yubordi. Demak, ular uchun o'yinni ochiq yoki yopiq bo'lishi umuman qiziq emas. Krestinin ham Osiyo chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega, ammo unga o'yi yopiq o'tadimi, ochiqmi farqi yo'q.

Ko'pincha saytimizning o'yindan avvalgi taxminiy tarkibi 90-95% to'g'ri chiqadi. Endi o'zingiz o'ylang, OAV bilgan narsani Lippi yoki Keyrush kabi Evropada o'z o'rniga ega murabbiylar bilmaydimi? Qachonki futbol muxlis uchun to'liq ochiq bo'ladi va unga to'g'ri tushuntiriladi, shunda muxlis har qanday vaziyatda futbolni qo'llab-quvvatlaydi. 

Xudo yo'limizni ochib JCHga to'g'ridan-to'g'ri chiqib ketsak, ketdik. Lekin uchinchi o'ringa ilinib qolsak-chi? Bironta muxlis qo'llab-quvvatlashiga ishonasizmi? Undan ko'ra hozirdan muxlisga "paxta" qo'yishni o'ylab ko'rsangiz bo'lardi? Ular hali "pley off"da as qotishi kerak. Agar to'g'ridan-to'g'ri chiqsak ham bu muxlisning duosi, shuning uchun yo'llanmani qo'lga kiritib qolsak, Xojiboyni latifasidan bo'lmasin. "Hosil yaxshi bo'lsa, dehqon zo'r ishladi, hosil yomon bo'lsa, ob-havo tasir qildi", deganidek. Dehqonni ko'rdik, kuzdagi terimdagi "plan"ni ko'rishimiz qoldi.

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +107   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика