So’nggi yangiliklar

19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  0 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  1 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   9 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  9 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  2 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  1 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  5 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  21 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1

Yon qo'shni - jon qo'shni, "Metallurg" - yomon qo'shni Yangiliklar

Yon qo'shni - jon qo'shni, "Metallurg" - yomon qo'shni

Toshkent viloyati jamoalari o'rtasidagi "do'stlik"ka putur etmoqda.

Bundan bir necha yil muqaddam chempionatimizdagi kichik derbida mavsum davomida yaxshi qo'shnichilik ananalari mavjud edi. Yani bir davrada bitta jamoa o'yindan keyin mag'lubiyat sababchisi sifatida qo'chqorni bu dunyo bilan xayrlashishga majbur qilgan bo'lsa, ikkinchi davrada narigi tomon ham raqib jamoa kosanini bo'sh qaytarmagan. Isbot tariqasida vaqt charxpalagini biroz ortga aylantiramiz:

2009 yil. OKMK 2:1 "Metallurg"

2009 yil. "Metallurg" 3:2 OKMK

2010 yil. "Metallurg" 1:0 OKMK

2010 yil. OKMK 3:2 "Metallurg"

2011 yil. OKMK 4:1 "Metallurg"

2011 yil. "Metallurg" 4:3 OKMK

2012 yil. OKMK 3:2 "Metallurg"

2012 yil. "Metallurg" 4:3 OKMK

2013 yil. "Metallurg" 2:1 OKMK

2013 yil. OKMK 2:1 "Metallurg"

2014 yil. OKMK 3:2 "Metallurg"

2014 yil. "Metallurg" 3:2 OKMK

2015 yil. OKMK 2:1 "Metallurg"

2015 yil. OKMK 4:2 "Metallurg"

2016 yil. OKMK 2:0 "Metallurg"

2016 yil. "Metallurg" 4:2 OKMK

2017 yil. OKMK 1:0 "Metallurg"

2017 yil. "Metallurg" 3:2 OKMK

2018 yil. "Metallurg" 0:1 OKMK

2018 yil. OKMK 2:3 "Metallurg"

2019 yil esa qo'shnichilik aloqalariga putur etdi. OKMK o'z maydonida ikkala tomonni ham peshonasida ajinlar hosil qilmaydigan hisobga rozi bo'lgan bo'lsa, bekobodliklar o'z uyida raqib dasturxonini bo'sh qaytarishdi. Kelgusi yil ham xuddi shu voqea takrorlandi. Keyin esa bundan jahli chiqqan olmaliqliklar bir mavsumdagi har ikkala uchrashuvda qo'shnisining devorini qulatdi. Bundan g'azabnok bo'lgan qo'shni esa eng shimarib ishga kirishdi va chempionat doirasida qatorasiga to'rtinchi marotaba qanday qudratga ega ekanligini ko'rsatib qo'yib, OKMK uchun CHempionlar ligasidagi raqiblaridan-da xavfliroq kuchga aylandi. 

Umuman olganda, OKMKning muammosi yolg'iz "Metallurg" emas. Tarkibida milliy terma jamoamizda to'p tepgan Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Akrom Komilov kabi himoyachilarga ega jamoaning so'nggi uch uchrashuvda o'z darvozasidan 9 ta to'p olib chiqishidan faqatgina Harri Maguayrning kayfiyati ko'tarilishi mumkin.

Joriy mavsum OKMK o'z darvozasidan naq 27 ta to'p olib chiqdi. Qiziq tomoni, hotamtoylik borasida olmaliqliklardan faqatgina bugungi raqib — "Metallurg" ustunroq. Taqqoslash uchun, o'tgan mavsumda "konchilar" 26 o'yinda o'z darvozasidan 23 ta to'p o'tkazib yuborgan. Ortda qolgan 19 o'yindan atigi uchtasida OKMK darvoza to'ri kaltaklanishdan omon qolgan. Bu esa qitaning nufuzli musobaqasida ishtirok etayotgan jamoa uchun xavotirli. Yo'q, juda xavotirli. Natijaga esa futbolchilar singari murabbiy ham javobgar.

Mirjalol Qosimov o'zbek futbolining chinakam afsonasi ekanligiga shubha yo'q. Uning futbolchilik faoliyati hamda yulduzlarsiz "Bunyodkor"ni Osiyo CHempionlar ligasi yarim finaliga etaklab borgan murabbiylik davri uchun ikkala qo'limni yuqoriga ko'tarishga tayyorman. Biroq mutaxassisning Olmaliqdagi missiyasi biz kutganchalik muvaffaqiyatli chiqmayapti.

Murabbiy Olmaliqda ko'p narsani o'zgartira oldi. Ilgari jamoani turnir jadvalida oliygohga tavakkal imtihon topshirib, o'z javobini mandat natijalaridan qidirayotgan abiturient singari quyidan boshlab qidirgan bo'lsak, terma jamoamizning sobiq ustozi kelgach, jamoada qayta qurish ishlarini boshlab yubordi. Dastlabki mavsumni inobatga olmaganda, klub kuchli beshlikdan pastga sho'ng'igani yo'q. Yani klubni avtomobilga qiyoslasak, murabbiy yangi mashinaga o'tirgach, uzatmalar qutisidagi tezlik o'tkazgichni dastlab 1 ga, so'ngra 2, 3, 4 va axiyri 5-pog'onaga ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. Biroq mutaxassis harchand urinmasin, o'sha qutida beshta tezlik uzatish pog'onasi mavjud, boshqaruvchi esa uning eng yuqorisiga chiqib bo'ldi. U qo'l urmagan faqatgina R nomi ostidagi pog'ona qoldi. Bu esa yaxshilikka olib kelmasligini uning o'zi ham yaxshi tushunadi. Bazan natijasi ko'ngilni to'ldirmayotgan poygachining mashinasini almashtirib ko'rishi ham foydaga ishlashi mumkin. Aks holda, mashina qurbi etgan tezlikdagina harakatlana oladi, ming istasangiz ham Sami Naserining taksisi bo'la olmaydi. 

Futbol nazariyalari ham yangilanib bormoqda. Bir paytlar Joze Mourinyu o'zgacha uslubi bilan Evropa "shalpangqulog'i"ni o'ziniki qilgan bo'lsa, bugun ushbu kubok rangi faqatgina uning sochlarida aks etmoqda.

Qosimovning joriy mavsumdagi bir jihati maqtovga sazovor, qo'l ostidagi klub o'zidan kuchliroq va tarkib jihatdan nomdorroq hisoblangan jamoalarni mag'lub etib, Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Qita musobaqasining ilk turida tarkibiga nazar solganda ko'zlarimizni ishqalashga majbur qiladigan klubga qarshi o'yindagi mag'lubiyatni tushunsa bo'ladi. Bunday natija istalgan jamoamizda bo'lishi mumkin. Biroq bu scenariy kelgusi bellashuvlarda ham takrorlanmasligi mumkinligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Ko'pgina murabbiy takidlaganidek, barchasini vaqt ko'rsatadi. Sanalishi lozim bo'lgan jo'jalar esa yangi yil arafasida yoki balog'atga etadi, yoki qo'chqorning kuni boshiga tushadi. Menimcha, chempionlikdan umid uzgan olmaliqliklar katta etiborni Benzema bilan bir guruhda joy olgan ligaga hamda kelgusi yilgi musobaqa uchun kvota taqdim etadigan kubok bahslariga qaratsa kerak.  

Superliganing galdagi turida Qosimov o'zi singari Osiyo CHempionlar ligasining dastlabki turidagi mag'lubiyat alamini kimdan olishni bilmasdan tish qayrayotgan "Paxtakor"ni mag'lub etishni uddalasa, bir paytlar Prezidentlikka nomzodini qo'ygan hamda olamshumul qarsagi gifga aylanib ketgan shaxsdan ham zalvorliroq olqish yo'llashga tayyorman. SHunisi aniqki, Osiyo CHempionlar ligasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan klubimizni boshqa ishtirokchi jamoalarimiz singari oxirigacha qo'llab-quvvatlashdan tolmayman.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика