So’nggi yangiliklar

09:52“Лестер“ 11 нафар футболчи билан хайрлашганини эълон қилди  0 09:27Суарес ва Месси ўзларининг футбол клубларига асос солишди  0 09:02Роналдуда иккита йўл бор  2 08:36АПЛ чемпиони 181 миллион фунт, 20-ўриндаги жамоа 110 миллион фунт мукофот олди  4 08:26Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи шогирдига қарши, бир қатор собиқ футболчилар ҳаракат қилаётган “Like cup“ мусобақаси давом этмоқда +ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:07Ламин Ямаль янги келишув бўйича “Барселона“да қанча ишлаб олиши маълум  3 07:40Хебай собиқ жамоасига қарши ўйин ҳамда кам гол ураётганининг сабаби ҳақида гапирди  1 02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  3 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  3 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  3 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  11 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  29 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  6 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  5 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1

Yolg'iz yutishni istasangiz, tennis o'ynang Yangiliklar

Yolg'iz yutishni istasangiz, tennis o'ynang

Teglar :  Frank de BurInter
Milanning Inter klubini gollandiyalik Frank de Bur qabul qilib oldi. Bundan oldin Ayaksni boshqargan mutaxassis La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida o'z qarashlari haqida gapirib o'tdi.

- Inter bosh murabbiyi bo'lishingizni birinchi qachon bildingiz?

- Bir-ikki hafta oldin agentim orqali men bilan bog'lanishdi. Inter loyihasi qiziqarli tuyulgani bois, ularning takliflariga rozi bo'ldim. Keyinroq detallarni muhokama qildik. Hammasi tezda amalga oshdi.

- Siz uchun Inter qanday ahamiyat kasb etadi?

- Bu - Italiyaning buyuk klublaridan biri. A seriya haqida o'ylasangiz, xayolingizga birinchi navbatda uchta jamoa keladi: Inter, Milan va Yuventus. Milanda hamisha Gollandiyaning eng yaxshi futbolchilari o'ynashgan. Interda Vim Yonk, Dennis Bergkamp, Milanda esa Frank Raykaard, Marko van Bas­ten, Ruud Gullit.

- Italiya futboli haqidagi fikringiz qanday? Oldinlari boshqa chempionatlar maqul kelishini yashirmasdingiz.


- Menimcha, so'nggi yillarda Italiya futbolida o'zgarishlar kuzatildi. Ayniqsa, ruhiy jihatdan. Endilikda italyanlar mag'lubiyatdan qochish emas, g'alaba qozonishni o'ylay boshlashdi. Yaqinda Janluiji Buffon umuman himoyachilarga pas bermasdi. O'yin falsafasi tezda o'zgardi. Endi mudofaada yaxshi o'ynash bilan birga hujumga ham jiddiy etibor qaratishmoqda. Ikki yil oldin Yuventusning CHempionlar Ligasi finaliga chiqishi tasodif emas.

- Elenio Erreradan Joze Mourinoga qadar Inter ko'proq qarshi hujumlarda o'ynardi.


- Bu erga Interning tarixini o'zgartirish uchun kelmaganman. Lekin mening jamoalarim hamisha pressingga ko'proq etibor qaratishadi. Butun jamoa bo'lib hujumga o'tishadi va shu tartibda himoyalanadilar. Barchaning bir mexanizmdek ishlashini istayman.

- 1999 yili Barselonada sizga Lui van Gal ustozlik qilgan. Mourino esa assistent bo'lgan. SHuningdek, Ronald Kuman ham jamoada ishlagan. Pep Gvardiola va Luis Enrikelar siz bilan bir jamoada to'p surishgan. Murabbiylik yo'li bu taqdiringizmi?


- Yo'q. Bu borada unchalik ko'p o'ylamaganman. Umuman olganda, murabbiy bo'lishni istamagandim. CHunki sochimning tez oqarishini xohlamaganman.

- Qachon murabbiy bo'lishga qaror qilgansiz?


- Turkiyada -  Galatasaroyda. O'shanda 32 yoki 33 yoshda edim. Futbolni boshqacha qabul qila boshlaganman. Fotih Terim qo'l ostida o'ynardim va Bu futbolchilarni u kabi boshqara olmayman, deb o'ylardim. Uning mash­g'ulotlari, o'yin uslubi menga yoqmasdi. Bu borada juda ko'p gapirganman. Jamoalarimni taktik jihatdan tayyorlashni maqul ko'raman.

- O'sha davralarni eslashni istamaysizmi?


- Terim futbolni umuman boshqacha qabul qilardi. Masalan, mashg'ulotlarda bizni 50 metrli maydonda 11ga 11 o'ynatardi. Bundan nima foyda ekanini tushunmasdim. O'shanda murabbiy bo'lsam, barchasini boshqacha amalga oshiraman, deb qaror qilganman.

- De Burning futboldagi qarashlari qanday?


- Futbolni jamoadagi 11 nafar o'yinchining barchasi o'ynashi kerak. Alohida futbolchilar bahsni yutishlari mumkin, lekin sovrinlarni jamoa qo'lga kiritadi. Agar yolg'iz yutishni istasangiz, tennis o'ynang. Men uchun hujumchilarning gol urishlari bilan birga himoyada tengma-teng harakat qilishlari muhimroq. Eslasangiz, Ronaldo PSVda 30ta gol urgan, lekin hech nima yutolmagan.

- Aftidan, siz 4-3-3 sxemasini qo'llaysiz...


- Haqiqatan ham shunday taktikani yoqtiraman. Lekin 4-2-3-1 sxemasida ham o'ynashimiz mumkin. Taktik qarashlarni o'zgartirishning yomon joyi yo'q. Hamisha raqib imkoniyatlarini o'rganish lozim. Biroq eng muhimi qo'l ostingizdagi futbolchilar.

- O'z Interingizni qachon qurishingiz mumkin?


- Mening Interimni bir necha oydan so'ng ko'rasiz. Ammo bu oddiy hol. Yanvarga kelibgina nimaga erishmoqchi bo'layotganimiz oydinlashadi. Jamoaga kelganimga ko'p bo'lmadi. Mashg'ulotlarda oshiqcha jarohatga yo'liqmaslik uchun ehtiyotkorlik talab etiladi.

- Ayaksda Luis Suares bilan birga ishlagansiz. Mauro Ikardi uning darajasiga chiqa oladimi?


- Mauro endigina 23 yoshda va juda iqtidorli. U jamoa uchun ishlash foydali ekanligini juda yaxshi biladi. Mauroning o'yinlari yaxshi, lekin ayrim jihatlarini yanada yaxshilashi talab etiladi. Mashg'ulotlar va Seltikka qarshi uchrashuvlarda o'zidan iliq taassurot qoldirdi. Albatta, Ikardi gol urishni istaydi, ammo jamoaga boshqa yo'l bilan ham foyda keltirish mumkin.

- Ever Banega-chi?


- Ajoyib futbolchi. Juda aqlli va maydonda har narsa qilishi mumkin. SHuningdek, Antonio Kandreva, Ivan Perishich kabi o'yinchilarning ham foydalari ko'p tegadi.

- Italiyada Yuventusga hech kimning tishi o'tmaydi...


- Yuve - ajoyib jamoa. Tarkibida kuchli futbolchilar jamlangan. Lekin katta transferlardan so'ng har doim ham o'yinni shakllantirib bo'lmaydi.

- Interning maqsadlari qanday?


- CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish. Yaxshi o'yin va to'g'ri etibor orqali barcha narsaga erishsa bo'ladi. Biroq Roma, Napoli, Lacio, Fiorentina va Milan kabi jamoalar borligini ham unutmaslik lozim.

H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика