So’nggi yangiliklar

08:48Бугун ўсмирларимиз Марокашга қарши баҳс олиб боради  0 08:15Икки ярим ой аввал «Қизилқум» билан хайрлашган легионер жамоага қайтмоқда  0 07:50Гвардиола «Реал Мадрид»ган учралган мағлубиятнинг асосий сабабини маълум қилди  18 06:55"Реал" сўнгги дақиқаларда жуда қийин ғалабани қўлга киритди  17 03:00ЕЧЛ. "Ювентус" қийинчилик билан ПСВни мағлуб этди, "Боруссия Дортмунд" эса илк ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  23 02:58ЕЧЛ. Даҳшатли ўтган ўйинда "Реал"дан 90+2-дақиқада камбэк, Холанднинг дубли ҳам "Сити"га ёрдам бермади  567 01:31"Ал Насср" январда Нуньес учун 75+ млн евро ва бонуслар таклиф қилди, аммо...  0 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  3 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  18 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  10 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  23 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  7 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  3 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  4

Yo'ldagi “probka”, offsayddan urilgan gol, qizil kartochka – “Paxtakor” – “Metallurg” o'yini haqida Yangiliklar

Yo'ldagi “probka”, offsayddan urilgan gol, qizil kartochka – “Paxtakor” – “Metallurg” o'yini haqida

2 aprel kuni O'zbekiston Superligasi doirasida “Paxtakor” – “Metallurg” uchrashuvi o'tkazildi va unda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yingacha

Ushbu uchrashuv 18:30 ga belgilangan edi. Ishimni 18:00 da tugatib, “Yandeks taksi”da 17 daqiqa ko'rsatilgan yo'l uchun taksi chaqirdim. Ikki daqiqada etib kelgan taksiga o'tirdim-u, Toshkentga kelganimdan beri “chas pik” vaqtida taksida yurmaganimni esga oldim. Viloyatda vaqtimizda yo'llardagi tirbandliklardan og'rinib gapirgan Toshkentda taksichilik qiladigan tanishlarimning og'rig'ini avval hech sezmagan edim. Yo'ldagi “probka”dan ensamni qotirib turib, soatga erinibgina qaradim. O'yin boshlanib bo'libdi. Xullas, tirbandlikda yurib qolib (boshqa bunday ishni qilmayman, devordim o'zimga-o'zim) o'yinga 10 daqiqa kechikdim.

O'zPFLning oxirgi yillarda qilgan eng yaxshi ishlaridan biri turdagi deyarli barcha uchrashuvlarni jonli translaciya (bazi o'yinlarda takroriy lavhalarsiz bo'lsa ham, masalan, Surxondaryodagi uchrashuvlarda) qilgani bo'lsa, “Sport” telekanalining eng yaxshi ishi YouTube da ham bahslarni jonli ko'rsatayotganidir (nodavlat O'zPFL ham, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan MTRK qoshidagi “Sport” ham malades!). Lekin, kecha “Sport”ning YouTube kanalida ham, telekanlida ham AGMK – “Navbahor” o'yini translaciya qilindi. O'yinni esa “Dunyo bo'ylab” telekanalidan “Paxtakor”ning YouTube orqali 10 daqiqani ko'rib oldim.




“Paxtakor” ustunligidagi 1-bo'lim

Bahsning ilk daqiqalari xotirjamlik bilan boshlandi. “Paxtakor” ilk daqiqalardanoq hujum uyushtirdi. Qanotdan uzatilgan to'p xavfli vaziyatga aylanmadi. 5-daqiqada Salamat Qutiboev zarba berdi, Sanjar Quvvatov esa o'z o'rnida edi. Keyinchalik esa to'pga egalik qilish bo'yicha “Paxtakor” ustunlik qildi. 23-daqiqada uchrashuvda hisob ochildi. Sardor Rashidovning chap qanotdan uzatgan to'pini Eren Derdiyok golga aylantirdi. Biroq, Sardor Rashidovga to'p uzatilgan vaqtda futbolchi o'yindan tashqari holatda edi. Yon hakam esa buni ko'rmadi (ko'rmay qoldi, rostan ham, deb umid qilamiz). Hakamlarga bo'lgan etirozlar sabab Aleksandr Lobanov ham ogohlantirildi. Oradan 13 daqiqa o'tib esa SHarof Muhiddinov hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. CHamasi 30 metrlardan jarimadan tepgan to'pi darvozaga etguncha erga tushib sakradi va bu hol Lobanovni shoshirib qo'yib, deyarli qaytargan to'pini darvozaga kirgizib yubordi.

SHundan so'ng “Metallurg” oldinga o'tdi. 39-daqiqada Temirovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaga kirib ketayotgan vaqtda darvozabon seyv ko'rsatib, qaytarib yubordi. 1-bo'limga qo'shib berilgan 3 daqiqaning eng so'nggisida Zohid Abdullaev Sanjar Quvvatov bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va bergan zarbasini darvozabon qaytardi. Qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib brogan Abdullaev vaziyatni golga aylantirdi va hisobni bittaga qisqartirdi – 2:1.




Teng kurashlar ostida kechgan 2-bo'lim


O'yinning ikkinchi qismi ikki jamoaning ham bir qator hujumlari bilan boshlandi. “Metallurg”da 1-bo'limdagiga qaraganda vaziyatlar yaxshiroq va ko'proq bo'ldi. 52-daqiqada Salamat Qutuboev va Odilbek Abdumajidovlarning zarbalarini Sanjar Quvvatov qaytarib yubordi va jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi. 69-daqiqada esa “Paxtakor” bir kishi kam bo'lib qoldi. “Metallurg” azolari oldinga o'tib, darvoza tomon yo'llangan zarba to'singa tegib, uni Quvvatov ushlab qolgan chog'da, raqib unga nisbatan biroz qo'pollik ishlatdi. Bundan g'azablangan Egor Krimec raqib jamoa azosi itarib yubordi va bu uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. Piter Xyuistra esa tezda maydonga zaxiradan Anzur Ismoilovni tushirdi, qizig'i Eren Derdiyok o'rniga. Uchrashuv so'ngiga qadar ikki jamoa ham navbatma-navbat oldinga o'tishdi, biroq xavfli deydigan vaziyatlar kam bo'ldi. 81-daqiqada chap qanotdan uzatilgan to'pni Dragan CHeran bosh bilan zarba berdi, Lobanov esa o'z o'rnida.

O'yin davomida “Paxtakor” futbolchilari birozgina kuchlarini asrab o'ynashgandek tuyuldi. Bu haqda uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Piter Xyuistradan bu haqda so'raganimda u: “Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatdi. Raqib yaxshi pressing qildi, taktik jihatdan aqlli harakat qildi. O'yindan qoniqdim. Zaxiradan maydonga tushganlar ham yaxshi taassurot qoldirdi. Har doim harakatda bo'lishimiz kerak. Biz bundan ancha yaxshiroq o'ynay olamiz”, - dedi.

“Metallurg” bosh murabbiyi va futbolchilari tomonidan ham o'yin davomida hakamlarga etirozlar ko'p bo'ldi. Bu haqda Jasur Abduraimovga savol bilan murojaat qildim. Murabbiy futbol hissiyotli o'yin ekanligi, hakamlar futbolchilar sal itarib yuborsa ham jarima zarbasi belgilashini aytib o'tdi. “Futbol – hissiyotli o'yin. Har qanday murabbiy o'yingacha mehnat qiladi. Oddiy misol, birinchi golni qarang. Men nazoratchi emasman. Murabbiyman, vazifam – futbolchilarni shug'ullantirish. Evropaga o'xshab hujumkor o'yinni yo'lga qo'yishga harakat qilamiz. Hamma xato qiladi. 50 ga 50 vaziyatlarda adashsa, mayli. Nimaga bizda futbol yo'q? Sal itarib yuborsa, jarima zarbasi belgilanmoqda, ozgina narsaga ham o'yinni to'xtatmoqda. Hakamlarga nazoratchilar qarashi kerak. Futbol shaxmat emas, "kontaktli" o'yin”, - deydi u.



Murabbiylarning fikri

Jasur Abduraimov: "Bu tarkibni men yig'madim. Birinchi davra yakuniga qadar bor futbolchilar bilan o'ynaymiz"

Piter Xyuistra: "Aprel oyida bizni og'ir o'yinlar kutmoqda. Kuchli raqiblar bilan o'yinlarda barcha futbolchilarga imkoniyat beriladi" 



Keyingi tur oldidan


Kelasi turda “Paxtakor” Namanganda “Navbahor” jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi. Ayni vaqtda “sherlar” 12 ochko bilan turnir jadvalida 1-o'rinda turgan bo'lsa, namanganliklar 4 o'yindan so'ng, 4 ochkoga ega.

“Metallurg” esa Bekobodda “Andijon”ni qabul qiladi. Jamoa 4 o'yindan so'ng atigi 1 g'alabaga erishgan va 3 ochkoga ega. Andijonliklar esa 4-turdan keyin 1 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat bilan 4 ochkoga ega.



PAXTAKOR – METALLURG - 2:1
2 aprel 2021 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Daler Tilloev, SHohnur Yo'ldoshev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Eren Derdiyok 23, - 1:0 (Sardor Rashidov). SHarof Muhitdinov 36, - 2:0. Zohid Abdullaev 45+3, - 2:1.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 57), 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg'unboev, 9.Eren Derdiyok (5.Anzur Ismoilov, 71), 10.Dragan CHeran, 15.Egor Krimec, 19.SHarof Muhiddinov (21.Abror Ismoilov, 57), 23.SHerzod Azamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 17.SHerzod Temirov, 18.Hojimat Erkinov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Salamat Quttiboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev (11.Ivan Nagaev, 77), 21.Kamoliddin Tojiev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov (34.Evgeniy Makeev, 86), 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev, 98.Damir Temirov (48.Dilshod Rahmatullaev, 83).
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 7.Doniyor Narzullaev, 30.Andrey SHipilov, 43.Davron Anvarov.

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiev 27, Salamat Qutiboev 54, Sanjar Quvvatov 90, Dragan CHeran 90+4.

CHetlatish: Egor Krimec 70.


Paxtakor

Eren Derdiyok - 23', Sharof Muhitdinov - 36'

Superliga. 4-tur

02/04/2021, 18:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Zohid Abdullayev - 45'

45'
90'
23'  Eren Derdiyok
23'  Sardor Rashidov
36'  Sharof Muhitdinov
57'  Sharof Muhitdinov (Abror Ismoilov)
57'  Xozhiakbar Alizhonov (Ibrohimhalil Yo'ldoshev)
70'  Egor Krimets
71'  Eren Derdiyok (Anzur Ismoilov)
90'  Sanjar Quvvatov
90'  Dragan CHeran
27'  Kamoliddin Tojiyev
45'  Zohid Abdullayev
54'  Salamat Qutiboev
77'  Zohid Abdullayev (Ivan Nagayev)
83'  Damir Temirov (Dilshod Rahmatullayev)
86'  Ixtiyor Toshpo’latov (Evgeniy Makeyev)




Og'abek Samisov

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика