So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  3 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  22 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Yodgor Sadiev: Yangi format milliy terma jamoamizning shakllanishiga ijobiy tasir qiladi Yangiliklar

Yodgor Sadiev: Yangi format milliy terma jamoamizning shakllanishiga ijobiy tasir qiladi

Teglar :  Yodgor SadievO'FF
O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Yodgor Sadiev "UZREPORT TV"ga bergan intervyusida O'FF tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Mana O'FFga yangi rahbariyat kelganiga 100 kun bo'lmoqda. Federaciya prezidenti Umid Ahmadjonovdan butun O'zbekistondagi futbol muxlislarining umidi katta! Hozir milliy chempionat yangi formatga o'tilyapti. Men ochig'ini aytaman, menga maqul bu format. Nimasi bilan maqul!? Jamoalarning orasidagi raqobatning kuchayishiga olib keladi bu narsa. Futbol maydonidagi kurashning oshishiga olib keladi, ana shunisi bilan menga juda maqul. Endi uchrashuvlar 4 davrada bo'lib o'tadi. Har klub mana shu 4 davra uchrashuvlariga alohida tayyorgarlik ko'radi va o'yinini kuchaytirib olish imkoniga ega bo'ladi. Avvalgi 16 ta jamoadan iborat format milliy terma jaomamizning Jahon chempionatlariga chiqishiga tasiri jihatidan o'zini oqlamadi, meni fikrimcha. Bu meni shaxsiy, subektiv fikrim.

Mana bu 12 ta jamoa endi o'zini ustida ko'proq ishlaydi. Pro-ligadagi jamoalar Superligaga chiqish uchun ko'proq harakat qilishadi. Nega? CHunki, jamoalar Superligaga chiqsa, ularning tarkibidagi futbolchilarning maoshlari albatta oshadi va demak bu erda har tomonlama manfaat va qiziqishlar hisobga olingan. SHu bilan birgalikda bu format, bizning milliy terma jamoamizning shakllanishiga ham ijobiy tasir qiladi degan umidlarimiz bor.



Men o'ylaymanki, bu o'ylangan loyihalar juda ham pishiq va o'zbek futbolini jahon arenalariga olib chiqish uchun qilinayotgan ishlardan biri hisoblanadi.

Ming afsus, biz 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga O'zbekiston bayrog'i ham hilpiraydi deb umid qilgandik, bu bizga nasib etmadi. Biz endi O'zbekiston Futbol Federaciyasining yangi rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar o'z samarasini beradi, deb niyat qilamiz".


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика