Yoaxim Lyov: "Guruhda biz va gollandlar yetakchi"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 11:50
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Evro-2020 saralashiga tashlangan qur'a natijalari haqida fikr bildirdi.

Nemislar turnir yo'llanmasi uchun C guruhida Gollandiya, Belarus, Shimoliy Irlandiya va Estoniya bilan kurashadi.

"Keyingi yilni sabrsizlik bilan kutyapman. Turnir qiziq bo'ladi. Guruhda biz va gollandlar yetakchi. Maqsadimiz Evroga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritish" - deydi Lyov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA