Yoaxim Lyov: "Angliya, Franciya va Belgiya Germaniyadan oldinga o'tib ketdi"
16 mar 2019 19:46
Yangiliklar


Yoaxim Lyov: "Angliya, Franciya va Belgiya Germaniyadan oldinga o'tib ketdi"
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Serbiya va Gollandiyaga qarshi o'yinlar uchun tanlagan tarkibi borasida gapirdi.
"Oxirgi natijalardan keyin o'zgarishlar qilish zarur edi. Bunday qarorlar bir kechada qabul qilinmaydi, bu jarayon. Terma jamoaga chaqirmagan o'yinchilarimizga bu haqda shaxsan xabar berish men uchun muhim edi. Ular bilan to'g'ri va ochiq bo'lishni xohlayman. O'yin tezroq bo'ladi, bo'sh zonalar esa kamayib boradi. Biz individual maxoratni oshirishimiz kerak. Bu borada Angliya, Franciya va Belgiya bizdan oldinga o'tib ketdi, ularni quvib etishimiz kerak", - deya Lyovning so'zlarini kepltirdi "Bild" nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar