Yoan Kabayning keyingi jamoasi malum
26 avg 2019 11:32
Yangiliklar


Yoan Kabayning keyingi jamoasi malum
Franciyalik yarim himoyachisi Yoan Kabay "Sent-Eten" bilan shartnoma imzolaydi.
PSJ sobiq o'yinchisi Franciyaning "Sent-Eten" klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin.
Futbolchi BAAning "Al Nasr" klubi tarkibiga o'tgan yili borib qo'shilgan edi. Ammo, Yoan hozir raqobatdoshroq chempionatga ko'chib o'tishni xohlamoqda.
33 yoshli franciyalik o'yinchi joriy mavsum "Al Nasr" safida 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assistga erishgan.
Kabay faoliyati davomida "Al Nasr"dan tashqari "Lill", "Nyukasl", PSJ va "Kristal Pelas" klublarida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Yoan Kabay 2010-2016 yillar davomida Franciya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar