So’nggi yangiliklar

14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  1 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1 13:37"Ман Сити" футболчиси билан шартномани 2031 йилга қадар узайтирди  1 13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  5 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  4 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  42 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  6 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  3 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  61 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  25 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  47

"YO, hudo, bizni ajratishmasa, Zlatan meni o'ldirib qo'yadi" - Roxo bir voqeani esladi Yangiliklar

"YO, hudo, bizni ajratishmasa, Zlatan meni o'ldirib qo'yadi" - Roxo bir voqeani esladi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan bog'liq bir voqeani yodga oldi.

"Zlatan to'p bilan bo'lishni istardi. "Old Trafford"da hisob 0:1 turgan bir pallada Zlatan ochiq bo'lsa-da, to'pni o'yinchilar orasidagi Pogbaga oshirdim. Pol esa to'pni qizg'anib, raqiblarni aldab yurdi. SHunda Zlatan meni so'kishni boshladi.

Tinmay so'kayotgandi, shunda unga: "Ovozingni o'chir, kattaburun. Senga faqat to'p kerak", deb javob berdim. Birinchi bo'lim yakunlandi, barchamiz kiyim almashtirish xonasiga ketayotgandik. Bir vaqt Zlatan erda yotgan elim idishni tepib, asabiy holatda menga qaradi: "Menga hozir nima deding?".

Men ham joyimda to'xtab: "Sen menga nima deding?", deb javob qaytardim. 

Uning ko'zlariga qarab turardim va ichimdan: "YO hudo, bizni ajratinglar, bo'lmasa u meni o'ldirib qo'yadi", degan nidolar kelayotgandi. Kiyim almashtirish xonasidan hammadan asabiy Mourino chiqib keldi va barchamizni xonaga olib kirib ketdi. Yutdik va navbatdagi bosqichga o'tdik.

Ertasi kuni klub oshxonasida nonushta qilayotgan paytim kimdir tomog'imdan bo'g'di, hech nima qila olmadim, kimligini ham bilolmadim, gapira olmadim ham. Ortimdan: "Sen kecha menga nima deding?", degan ovoz keldi va u birdaniga tomog'imni qo'yib yubordi.

Oshxonadagi hamma kulib yubordi. Yaxshiki Zlatan xazillashgan ekan. Ibragimovichga hech kim gapira olmagan. SHu jumladan men ham", - dedi Roxo.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика