Yilning "eng yaxshi yosh futbolchisi" - Abduvohid Ne'matov

Aslanov Jasurbek
26 dek 2020, 16:06
Toshkentdagi "Zarafshon" zalida yilning eng yaxshilarini aniqlash va taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

2020 yilning eng yaxshilari taqdirlandi. Berdiev "eng yaxshi murabbiy", Masharipov "eng yaxshi futbolchi"


O'zbekiston Milliy terma jamoasida yoshlarga berilayotgan imkoniyat o'z samarasini bera boshladi. Bir yo'la uch nafar 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar MTJda debyut o'yinini o'tkazdilar. Bular Hojimat Erkinov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev va Abduvohid Ne'matov.

Ular orasida Superliga o'yinlarini to'liq o'tkazgan "Nasaf" klubi darvozaboni Abduvohid Ne'matov "Eng yaxshi yosh futbolchi" nomiga sazovor bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia