So’nggi yangiliklar

19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 19:11CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Туркманистон (матнли трансляция)  3 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  29 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  23 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0

Yilning eng qaynoq musobaqasi boshlanishiga 1 kun qoldi! Yangiliklar

Yilning eng qaynoq musobaqasi boshlanishiga 1 kun qoldi!

Teglar :  Kelajak Yulduzlari
"Kelajak Yulduzlari" kompaniyasi tomonidan o'tkazib kelinadigan "Chacha", "Odil Cup", "Oltin Kuz", "Kelajak Yulduzlari" kabi turnirlar allaqachon bolalarning qalbidan joy olgan.

2016 yildan boshlab har yili Namanganda bo'lib o'tadigan "Odil Cup" musobaqasi endi, MTJ sardori otasining xotirasiga qayta nomlandi. "Olim Ahmedov Kubogi" musobaqasi joriy yilning 14-18 dekabr kunlari To'raqo'rg'onda bo'lib o'tadi. Unda 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan, jami 8ta jamoa ishtirok etadilar.



Bu safargi musobaqa har qachongisidan ham zo'r bo'lishi yo'lida tashkilotchilar tomonidan mablag' ayalmadi. "Bolalar musobaqasiga borimizni berishimiz kerak, mablag' bu ikkilamchi. Muhimi, bu musobaqadan hech kim hafa bo'lib ketmasin. Kubok va sovg'alar hammaga etishi kerak", - deydi Odil Ahmedov.


Musobaqada "Odil Ahmedov FA", bir qator yulduzlarni tarbiyalab bergan Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji, "Lokomotiv", "Bunyodkor", Namangan va Farg'ona terma jamoalari, Samarqand akademiyasi va Qo'qonning "Ahmad" jamoalari ishtirok etadilar.


Final o'yinini stadiondan Mirzahakim To'xtamirzaevning shaxsan o'zlari sharhlab boradilar. 


Turnirning 3-turidan keyin har bir jamoaning 3 nafar azolari tanlab olingan holda, individual konkurs tashkil qilinadi va g'olib futbolchilarga maxsus sovg'alar taqdim qilinadi. Har bir uchrashuvning eng yaxshi ikki futbolchisi rag'batlantirib boriladi. O'yinning eng yaxshi futbolchisiga esa sifatli to'p sovg'a qilinadi. 


Musobaqa kuboklari ham avvalgilaridan farq qiladi. Medallar esa maxsus o'yma, naqshdan yasatildi. Bu ham futbolchilarga sovg'a bo'lishi aniq.


Haqiqiy bayram final kuni bo'lib o'tadi. SHu kuni Odil Ahmedov ishtirokida "Avtograf+" loyihasining birinchi soni efirga olinadi. Unda Ahmedov turnirda ishtirok etadigan futbolchilar uchun dastxat qo'yish marosimida ishtirok etadi.


"Olim Ahmedov Kubogi" bilan yilni yakunlaymiz. 2020 yil pandemiya tufayli ko'p rejamizdagi musobaqalarni o'tkaza olmadik. Lekin final xushtagini chiroyli turnir bilan yakunlash imkoniyati paydo bo'ldi. Mazkur musobaqaning barcha harajatlarini o'ziga olgan Odil Ahmedovga bolalar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bu boshqacha musobaqa bo'lishiga ishonaman. Turnirlarimizga klublar maxsus tayyorgarlik olib borishganini eshitdim. Bu ham kishini quvontiradi. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Afsuski, musobaqaning amaldagi g'olibi Andijon terma jamoasi turnirda ishtiok eta olmayapti. Ular O'zbekiston Superkubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan edilar, musobaqa bekor bo'ldi. Mavjud 8ta jamoa ichidan kim chempion bo'lishini taxmin qilish qiyin", - deydi "Kelajak Yulduzlari ko" direktori Nodirxo'ja Yuldashev. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика