So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  2 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  12 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  4 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  8 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

Yilda 2 marta “tug'iladigan” klub qachon katta bo'ladi? Yangiliklar

Yilda 2 marta “tug'iladigan” klub qachon katta bo'ladi?

Klublarda stabillik bo'lishi kerak, deb hisoblayman. O'zbekiston futbolida asabimga eng ko'p tegadigan narsa, jamoalarning yil boshida to'planib, yil yakunida tarqalib ketishi.
Iyul oyini eslaysizmi? “SHo'rtan” 13 ta yangi futbolchini jamoaga qo'shib oldi, “Neftchi” 12 ta va hokazo. Oxir-oqibat bu klublar nimaga erishdi? O'sha fikrimda sobit qolaman, Farg'ona, Samarqand, Jizzax, Andijon klublariga nisbatan qisman nohaqlik bo'ldi. Yangi qaror ularning boshiga gurzi bilan urgandek misol tasir qildi. Ammo hozir gap bunda emas.

Yuqoridagi holat, jamoa rahbariyati hech bo'lmaganda yarim yillik ishlarini prognoz qila olmasligidan dalolat beradi. Masalan, Fyodorov tanlab olgan futbolchilar yoqmasa, Abramov butunlay boshqa tarkib yasab ko'rmoqchi bo'ladi. Nega shunday deysizmi? CHunki shartnomalar asosan 1 yillik. Futbolchilar “eb qo'yish”dan qo'rqqani uchun ham, yil boshida ko'tarma pulini olish payida bo'ladi va 1 yildan ortiq shartnoma qo'l qo'ymaslikka urinadi. Madomiki shunday bo'lganidan keyin, ularni yarim yildan keyin out qilish ham qiyin emas. Yangi murabbiy o'z “shaykasi” bilan ishga kirishadi.

Vadim Abramovni ayblamoqchi emasman. SHunchaki u umuman yangi tarkibni shakllantirishga yarim yilda ulgurmasdi. Ahvolni esa ko'rib turibsiz. Men juda sevadigan APLda kamdan-kam holatlarda bu kabi global o'zgarishlarga qo'l uriladi. Yani, shakllanib turgan jamoani sochib yuborib, butunlay yangisini tuzishga hammaning ham yuragi betlamaydi. 2 ta misol keltiraman: “Everton” va “Milan”. Yil boshida Kuman va Montella men aytayotgandek ish ko'rdi. Va biz ko'rdikki, ularga yarim mavsum kamlik qildi jamoa shakllantirish uchun. Biri allqachon ishdan ketdi, ikkinchisi osilib turibdi.



Oliy Liganing to'rt etakchi klubida ahvol unday emas. Ular ishni bosqichma-bosqich qilishga ulguradi. Ular futbolchilarini saqlab qolish imkoniyatiga ega, ishni nisbatan to'g'ri olib boradi. Va futbolchilar ham o'sha klublar bilan 3-4 yillik kelishuvga erishishdan qo'rqmaydi. Mana shu to'rt klub ichiga “Metallurg” va “Mashal”ni qo'shaylik mayli, ular ham bor futbolchilarni saqlab turish borasida bir tekis ishlashga intiladi.

Endi qarang, agar Birinchi Ligada 24 yoshdan katta futbolchi o'ynamasa nima bo'ladi. “Neftchi” tushib ketdi, “Andijon” o'sha erda, “SHo'rtan” tushib ketdi. Ular 24 yoshdan kattalarni chetga chiqaradi. Yani, 1-ligada yangi jamoa tuzadi. SHakllantirish endi bir muammo uni. Keyin esa bir amallab Oliy Ligaga chiqadi. Mana endi kattalar baribir kerak bo'ladi, boshqa iloj yo'q. Yana bir jamoani shakllantirish shart bo'lib qoladi.

APLda bilasiz-a qanday. Quyi ligadan chiqqan “Nyukasl” yoki “Xaddersfild” bir yildayoq hammasini o'zgartirib tashlamaydi. Ularda raqobat shundayki, quyi ligadan chiqqan jamoa APL klublari bilan raqobatlashishiga ko'zi etadi. Juda oldiga yuqori maqsad qo'ygan bo'lsa, 3-4 yil davomida bosqichma-bosqich kuchayib keladi. CHunki ularning CHempionship ligasida 24 yoshdan katta futbolchi o'ynamaydi, degan band yo'q.

Men nima demoqchiman, 2 ta liga o'rtasida raqobat hosil qilish uchun ularni bir-biridan farqli qilish shart emas. 24 yoshdan kichik futbolchilarning ko'p bo'lishi yosh kadrlarning etishib chiqishiga qanday tasir ko'rsatishi borasida keyingi blogpostda gaplashamiz.

Muallif :
Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика